Pedri: "Bizdan kutilayotgan darajani ko'rsatolmayapmiz"
20 okt 2025 14:05
Yangiliklar
Pedri: "Bizdan kutilayotgan darajani ko'rsatolmayapmiz"
Ispaniyalik futbolchi o'z jamoasining o'yinidan norozi bo'lib, "ko'k-anorranglilar" o'yini bir qancha sohalarida sezilarli darajada o'sishi kerakligini aytdi.
"O'yinimizdan mamnun emasman. Biz ko'p jihatlar ustida ishlashimiz bor, ayniqsa, pressing bo'yicha. Ketma-ket ikkinchi o'yinda kutilgan futbolni ko'rsatmadik. Sal tezroq harakat qilishimiz, to'pga egalik qilishda ishonchliroq bo'lishimiz va ko'proq imkoniyatlar yaratishimiz kerak. Bizda katta salohiyat bor, shunchaki ko'proq ishlashimiz zarur. O'ylaymanki, murabbiy bilan xatolarimizni tahlil qilib ko'ramiz va o'yinimizni yangi darajaga olib chiqamiz", – dedi Pedri.
"Barselona"ning navbatdagi raqibi Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida Greciyaning "Olimpiakos" jamoasi bo'ladi. Flik shogirdlari avvalroq "Monjuik" stadionida PSJni 2:1 hisobida mag'lub etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar