"Navbahor"ga sankciya qo'llanadi
20 okt 2025 15:35
Yangiliklar
"Navbahor"ga sankciya qo'llanadi
"Navbahor" o'z futbolchisi Shahzod Ubaydullaevga 2 oydan ortiq vaqtdan buyon maosh to'lamay kelganligi uchun O'FAning Futbolchilar maqomi va transferi qo'mitasining 25 sentyabr kungi qarori bilan o'yinchi erkin agentga aylangandi.
"Klub o'yinchiga barcha to'lovlarni 15 oktyabrgacha amalga oshirishi lozim edi.
Ammo futbolchiga shu kungacha hech vaqo to'lanmadi. Endi "Navbahor"ga nisbatan o'sha qarordagi boshqa bandga asosan sport sankciyalari qo'llanadi.
Ish "-6" ochkogacha borsa, bu hol jamoaning Superliga jadvalidagi mavqeiga sezilarli tasir qilishi tayin. Yoki namanganliklarni ham ketma-ket transfer oynalaridagi taqiqlar kutmoqdami?", – deyiladi Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabarida.
Avvalroq "Navbahor" futbolchisi shartnomani bir taraflama bekor qilgani va klub bir necha oylik ish haqi bo'yicha qarzdor ekani malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar