Shahzod Ubaydullaev 3 yildan so'ng Superligada dubl qayd etdi

Оқил Абдубарноев
23 sen 2023, 22:45
"Metallurg" hujumchisi oxirgi marta 2020 yil shunday natijaga erishgandi.

Coca Cola Superligasining 19-turidan o'rin olgan OKMK - "Metallurg" (2:4) uchrashuvida mehmonlar hujumchisi Shahzod Ubaydullaev dubl qayd etdi.

Kosonsoylik hujumchi so'nggi bor 2020 yilning 7 iyul kuni "Metallurg" safida "Buxoro"ga 2 ta gol urgan edi.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli futbolchi ikkinchi davrada bekobodliklar safiga kelgunga qadar Belarusning "Shaxtyor" klubida to'p tepgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia