Superliga. "Neftchi" penaltidan urilgan gol evaziga OKMKdan ustun keldi
19 okt 20:20
Yangiliklar


Superliga. "Neftchi" penaltidan urilgan gol evaziga OKMKdan ustun keldi
"Neftchi" - OKMK 1:0
19 oktyabr 2025 yil. Farg'ona, "Istiqlol" stadioni. 18:15
Hakamlar: Dostonbek Rahmonov, Shoxnur Yo'ldoshev, Sardor Umrzoqov, Isroiljon Imomnazarov
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
Uchrashuv komissari: Shohruh Said
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Anvarjon Marajabov
Gol: Jamshid Iskanderov 17, penalti - 1:0.
"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Ciger, 5. Ikromjon Aliboev, 6. Ibrohimxalil Yo'ldoshev (11. Quvondiq Ro'ziev, 63), 7. Abrorbek Ismoilov (77. Bilolxon Toshmirzaev, 90+3), 9. Joel Kojo (15. Shaxzodjon Nematjonov, 90+3), 10. Jamshid Iskanderov (32. Zoran Marushich, 74), 20. Anvarjon G'ofurov, 21. Muxsinjon Ubaydullaev, 22. Alisher Odilov (8. Vladimir Yovovich, 63), 23. Yovan Dokich.
Zaxira: 45. Akbar To'raev, 24. G'ulom-Haydar G'ulomov, 33. Shoxruxbek Yoqubjonov, 70. Silvanus Nimeli, .
OKMK: 35. Javohir Ilyosov, 5. Giorgi Papava (77. Nodirbek Abdurazzoqov, 60), 6. Avazbek O'lmasaliev, 7. Dilshodbek Axmadaliev, 8. Aziz Xolmurodov (27. Ali Abduraxmonov, 65), 10. Xurshid G'iyosov, 11. Ruben Sanchez , 15. Oybek Rustamov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 21. Saidafzalxon Axrorov (19. Axmadullo Muqumjonov, 71), 99. Asadbek Sobirjonov (28. Arihiro Sentoku, 60).
Zaxira: 88. Xamidullo Abdunabiev, 13. Eldorbek Begimov, 16. Naoaki Senaga, 18. Ibrohim Yo'ldoshev, 30. Abror Sarimsoqov, .
Ogohlantirishlar: Ruben Sanches 56, Avazbek O'lmasaliev 81, Islom To'xtaxo'jaev 81, Anvarjon G'ofurov 85, Oybek Rustamov 87,
MATNLI TRANSLYACIYA
90+9. O'YIN TUGADI. "Neftchi" - OKMK 1:0
90+5. ZARBAAAA! Yovovichning uzatmasidan keyin Marushich birga bir vaziyatga chiqib zarba berdi, Ilyosovdan seyv!
90+3. O'zgarishlar. "Neftchi". Ismoilov va Kojo o'rniga Toshmirzaev va Nematjonov tushdi
90+1. ZARBA! Ahmadalievning uzatmasini O'lmasaliev boshi bilan darvozaga yo'lladi, Ergashev o'z o'rnida
90. Uchrashuvga 8 daqiqa qo'shib berildi
90. ZARBA! Ruben Sanchesning to'p uzatishidan keyin Abdurazzoqov uzoqdan erlatib zarba berdi, noaniq
87. Ogohlantirish. OKMK. Oybek Rustamov
86. "Neftchi" sardori Anvarjon G'ofurov Ilyosov bilan to'qnashuvdan keyin erga noqulay yiqildi va elkasidan jarohat oldi. Hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi.
82. ZARBA! Jarima to'pini Ro'ziev aniq amalga oshirdi, Ilyosovdan seyv!
81. Ogohlantirishlar. O'lmasaliev va To'xtaxo'jaev
78. OKMKda jarima to'pi, G'iyosovning jarima maydoniga oshirgan to'pini Jokich boshi bilan qaytarib yubordi
77. ZARBA! Ruben Sanchesning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasidan keyin Ergashev to'pni ushlab oldi
74. O'zgarish. "Neftchi". Iskanderov o'rniga Marushich
71. O'zgarish. OKMK. Ahrorov o'rniga Muqumjonov
68. Xavfli vaziyat. Xurshid G'iyosoving jarima maydoniga uzatgan to'pini Abdurahmonov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Botirali Ergashev o'z o'rnida
65. O'zgarish. OKMK. Xolmurodov o'rniga Ali Abdurahmonov tushdi
63. O'zgarishlar. "Neftchi". Odilov va Yo'ldoshev o'rniga Yovovich va Ro'ziev tushdi
60. O'zgarishlar. OKMK. Sobirjonov va Papava o'rniga Abdurazzoqov va Sentoku
57. UXXXX! DAHSHAT! "Neftchi" jarima to'piga ega bo'ldi, Iskanderov uzatgan to'pni Jokich Cigerga tashlab berdi, Cigerning zarbasini Ilyosov dahshatli seyv bilan qaytardi, G'ofurovning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'sinidan qaytdi, Cigerning yana bir zarbasini himoyachilar qaytarishdi!
56. Ogohlantirish. Ruben Sanches katta tezlikda jarima maydoni tomon ketayotgan Ismoilovni ushlab yiqitgani uchun
53. UXXX! Xavfli vaziyat! Chap qanotdan chiroyli to'p uzatishidan keyin Ciger xatoga yo'l qo'ydi va to'pni egallab olgan G'iyosov jarima maydoniga kirib zarba berdi, noaniq!
49. "Neftchi"da burchak to'pi, Iskanderov uzatgan to'pni Kojo darvozaga noaniq yo'lladi
46. Ikkinchi taym boshlandi.
45+5. Birinchi taym yakunlandi. Hozircha 1:0.
45+2. Xavfli vaziyat. O'ng qanotdan Ismoilov uzatgan to'pni Ilyosov egallab oldi
45. Birinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi
38. Xavfli vaziyat! OKMKning hujumi, Ahmadaliev o'ng qanotda ikki raqibdan o'tib to'pni jarima maydoni markaziga uzatdi, bu erda Ruben Sanches to'pni darvozaga yo'llay olmadi, Sobirjonovning zarbasi yo'liga Ismoilov to'g'anoq bo'ldi!
32. Yana Alisher Odilov diqqat markazimizda, uning zarbasi noaniq chiqdi
24. OKMKda jarima to'pi, jarima maydoniga havodan uzatilgan to'pni Ruben Sanches boshi bilan darvozaga yo'lladi, ancha noaniq
20. UXXX! Ismoilovnig chiroyli to'p uzatish, Odilovdan ajoyib reyd va zarba, Ilyosovdan yaxshi seyv!
17. GOL! Jamshid Iskanderov penaltidan hisobni ochdi - 1:0. Javohir Ilyosov zarba yo'nalishini topgandi, to'p uning qo'llariga tegib darvozaga kirib ketdi.
16. PENALTI, OKMK darvozasi tomon!
14. VAR hakami bosh hakamni monitor yoniga chaqirdi, Odilov yiqilganida penalti bo'lishi mumkin. Takroriy lavhalarda O'lmasaliev Odilovning oyog'ini bosgandek ko'rinmoqda.
12. Xavfli vaziyat! Alisher Odilov jarima maydoni ichidan zarba bermay raqibni aldashga urindi, natijada vaziyat ko'kka sovurildi. Jokichning zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.
6. ZARBA! Ibrohimhalil Yo'ldoshev chap qanotdan oldinga o'tib zarba berdi, noaniq!
5. Ilk daqiqalarda mezbonlar katta kuch bilan hujumga o'tishmoqda.
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 18:15da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Сиз провокаторларни ҳақиқий мухлислардан ажратиб олинг.
Нефтчи ёки Насаф, кучлиси ва Аллоҳ насиб қилгани чемпион бўлади.
Олға Нефтчи.