Ekspert hakamlar guruhi "Neftchi" – OKMK uchrashuvidagi bahsli vaziyat yuzasidan xulosasini elon qildi
20 okt 2025 12:08
Yangiliklar
Ekspert hakamlar guruhi "Neftchi" – OKMK uchrashuvidagi bahsli vaziyat yuzasidan xulosasini elon qildi
O'zbekiston Superligasining 25-turidan o'rin olgan "Neftchi" – OKMK uchrashuvida bahsli epizod qayd etildi.
O'yinning 36-daqiqasida "Neftchi" futbolchisi raqibga nisbatan to'p uchun kurash jarayonida qo'pol harakat qilgandek ko'rindi. Biroq vaziyat tahlili shuni ko'rsatdiki, futbolchi to'p uchun kurash jarayonida OKMK o'yinchisining butsasiga to'g'ridan-to'g'ri zarba bermagan. Aliboev oyoq harakatini qaytarayotgan vaqtda Axrorovning butsasiga teggan.

Ekspert hakamlar guruhi xulosasiga ko'ra, ushbu epizodda bosh hakam tomonidan qizil kartochka ko'rsatilmaganligi to'g'ri qaror bo'lgan. Biroq "Neftchi" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatilishi zarur edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar