Pike Mourinyu davrida “Real” futbolchilari bilan bo'lgan munosabatni esladi
15 may 2022 09:30
Yangiliklar
Pike Mourinyu davrida “Real” futbolchilari bilan bo'lgan munosabatni esladi
“Barselona” himoyachisi Jerar Pike fikricha, Joze Mourinyu “Real” va kataloniyaliklarni bir-biridan nafratlanishga majbur qilgan.
Portugaliyalik mutaxassis 2010-2013 yillar davomida “Qirollik klubi”ni boshqargandi.
“U kelgan kunidan boshlab, ular maydonda bizdan kuchsizroqligini bilardi. Albatta, bizda eng yaxshi jamoa va hattoki, o'zaro klub futbolchilari o'rtasida yaxshi munosabat bor edi. Terma jamoada “Real”ga qarshi o'yinlardan keyingi muhitni eslayman, chunki, Mourinyu futbolchining ongiga kirib, “bu yigitlar sizlarni yomon ko'radi”, deydi va sen bunga ishonasan.
Termaning kiyinish xonasi Kasilyasning oldiga keldim: “Salom, Iker”, ammo u men bilan gaplashmadi. O'sha vaqtda buni sezmagandim, ammo murabbiy sifatida u haqiqatan futbolchini qanday boshqarishni bilardi”, deydi Pike.
Fikrlar