So’nggi yangiliklar

14:45"Челси" тасвирий санъат асари услубидаги сафар либосини намойиш этди  1 14:17Ҳоланд изидан: "Манчестер Сити" норвегиялик вундеркинд билан шартнома имзолашга яқин  0 13:48СҚБ халқаро мусобақада ғолиб чиқди  0 13:19"Челси" КЖЧ учун қайдномасини эълон қилди  0 12:51Дунёнинг энг кучли футбол лигалари эълон қилинди. АПЛга қайси лига рақобатчи?  13 12:26Англия терма жамоаси тарихда илк бор Африка жамоасига мағлуб бўлди  3 12:02ЖЧ саралаш учинчи босқич якунлари. Тўртинчи босқич қачон бўлади?  23 11:36Доннарумма ПСЖни тарк этиши мумкин. Клуб янги шартнома бўйича келишувга эриша олмади  10 11:02“Бавария“ Испания МТЖ аъзосини сотиб олмоқчи  0 10:36“Бетис“ Антони бўйича МЮга таклиф билан чиқди  0 10:10“Бавария“ футболчиси фаолиятини “Ал Насср“да давом эттириши мумкин  0 09:45“Интер“нинг клублар ўртасидаги ЖЧга қайдномаси маълум  1 09:17Саудия Арабистонликлар яна бир топ мураббийни лигага олиб келишмоқчи  2 08:49“Ювентус“ мураббий борасида бир қарорга келди  1 08:20ПСЖ 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0

PFLga taklifim bor Yangiliklar

PFLga taklifim bor

SHunday qilib Superliga birinchi davrasining qolgan 4 turi uchun stadionlar va o'yinlar boshlanish vaqti belgilab olindi.

Kutilganidek, navbatdagi to'rtta tur markazlashgan tartibda Toshkent shahri va Toshkent viloyati stadionlarida o'tkaziladi hamda hech bir jamoa o'z maydonida o'ynamaydi. PFL navbatdagi turlar uchun 7ta stadionni aniqlab oldi. Bular - "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv", TTYMI, "Jar", OKMK va "Metallurg" stadionlari. O'yinlar sanasi bilan boshlanish vaqti ham malum. Lekin shu o'rinda bir masala borki, shu haqda to'xtalib o'tmasak bo'lmaydi. 

Kecha tunda Evropa chempionlar ligasini ko'rayotib bir jihat etiborimni tortdi. Yani jamoalar hech qanday bolalar yoki bayroqsiz shunday maydonga chiqib kelishdi. ECHL butun dunyoni kuzatadigan musobaqa emasmi, UEFA bayrog'i ham olib chiqilmadi, jamoalar 11talik suratga tushayotganda hech bir reklama to'sig'i qo'yilmadi ham. SHunchaki jamoaviy suratga tushishdi va shu bilan o'yin boshlandi. 

Har bir o'yinni yuqori saviyada o'tkazish bir nechta tashkiliy ishlarni o'z ichiga oladi. Jamoalarni kutib olish, kiyim almashtirish xonalarini tayyorlash, maydonni o'yindan oldin sug'orish, tez yordam va miliciya xizmatini yo'lga qo'yish - bu kabilar o'z yo'liga va bularni hal qilsa bo'ladi. Ammo hozirgi vaziyatda to'p uzatib beruvchi bolakaylar ("bolboylar")ni o'yinga chaqirish ancha qiyin ish bo'lib qoldi.

 

Pandemiya sharoitida birovni majburan uydan chiqarish oson emas. Ayniqsa yosh bolalarni. Kasallik avj olayotgan bir paytda majburlab ham bo'lmaydi. Malumki, Superliga o'yinlarida "bolboylar" faqat to'p uzatib turishdan tashqari o'yingacha boshqa bir nechta ishlarni ham bajarishadi. Masalan, birgina PFL bayrog'ini olib chiqish uchun 6 nafar bola kerak bo'ladi. 

Bundan tashqari jamoalar o'yindan oldin suratga tushganda qo'yiladigan Coca Cola reklama to'sig'iyam bor. Bunga ikkitadan to'rtta bola kerak. Yana arka degani paydo bo'ldi. Uning fonida hakamlar va jamoa sardorlari suratga tushadi. Bungayam kamida ikkita bola lozim. Eng qiyini esa maydon markaziga doira bo'ylab yoziladigan Coca Cola bayrog'i. Bu bayroqni yoyib va keyinchalik yig'ib olish uchun kamida 15-16 nafar bola kerak bo'ladi. 

Natijada har bir o'yinga o'rtacha 25 nafar bolani chaqirishga to'g'ri kelyapti. (Faqat to'p olib berib turishga 10 nafar bola etadi). Endi faraz qiling, bitta turda 7ta o'yin bo'lsa, nechta bola kerak bo'ladi? Va eng muhim savol: ota-onalar o'z bolasini beradimi? Bola ko'chaga chiqib o'ynayman deganda zo'rg'a ruxsat berayotgan ota o'g'li stadionga borib to'p uzatib turaman desa yanayam ikkilanib qoladi.

Buning ustiga transport muammosi yuzaga kelgan. O'yindan bir soat oldin stadionda bo'l, ikki soatlik o'yinni o'tkaz va keyin uyga qayt. Bola uyiga qanday ketadi? Jamoat transporti yurmasa, taksi-ku juda qimmatlashib ketgan. Gap taksida ham emasdir, o'yin tugasa kun kech bo'lib qolyapti.

SHularni inobatga olib PFLga bazi takliflarni ilgari surmoqchiman. 1. Birinchi davra oxirigacha PFL bayrog'isiz futbolchilarning maydonga chiqib kelishini taminlash. 2. Coca Cola yozuvi tushirilgan reklama to'sig'i, arkasi va katta bayroqdan vaqtincha foydalanmaslik (Maydon bo'ylab terib chiqiladigan reklama to'siqlari bundan mustasno). 3. "Bolboylar" stadionga kelganda ularni bir joyga yig'masdan hammani maydon atrofi bo'ylab faqat to'p uzatib berishi uchun xizmatidan foydalanish.

Bu nima beradi? Birinchidan, modomiki o'yinlar markazlashgan tartibda o'tib, hech qaysi jamoa o'z uyida o'ynamas ekan, bayroq va hokazolarni olib chiqish, ko'tarish uchun bolalar etarlimi degan savoldan holi bo'lamiz. Nechta bola kelsayam ulardan faqat to'p olib berishda foydalaniladi. Va xuddi ECHLdagi kabi jamoalar shundoq maydonga chiqib o'yinni boshlaydilar. Menimcha, bu ham karantin qoidalariga mos kelsa kerak. Albatta, bu hol vaqtincha, aytaylik sentyabrga qadar davom etadi va keyingi oyda vaziyat qanday bo'lishiga qarab ish utiladi. 

Bu o'rinda yana bir masala bor. Superliga markazlashgan tartibda ham muxlislarsiz o'tkaziladi. Lekin "bolboylar" otasi yoki akasi bilan  kelganda kattalarning stadionga kirishiga ruxsat beriladimi, buni ham ko'rib chiqqan maqul. CHunki hozirgi sharoitda hech kim farzandini yolg'iz qo'yib yubormaydi. Imkon qadar ota o'g'li bilan birga borib birga qaytadi. Lekin stadionga ota kiritilmasa, ikki soat ko'chada o'tirishning o'zi bo'ladimi? SHu bois ham ko'pchilik otalar o'g'limni bermayman deyishyapti va bunga ularning haqqi bor. Demak, bu o'rinda ham oltin oraliqni topishga to'g'ri keladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика