So’nggi yangiliklar

15:00ПСЖ Санчо бўйича таклиф билан чиқди  1 14:37"Навбаҳор" Александр Лобанов билан хайрлашди  13 14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  2 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  3 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  4 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  2 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  19 11:30Хорватия термаси ҳимоячиси миллий жамоадаги фаолиятини якунлади  1 11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  5 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  9 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  11 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  13 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  7

PFLga taklif: 16ta jamoalik Superliga va birlashgan PRO liga Yangiliklar

PFLga taklif: 16ta jamoalik Superliga va birlashgan PRO liga

Telegram kanalimizga Superligaga oid so'rovnoma qo'ygandik.

2019 yildan beri Superliga 14ta jamoa ishtirokida o'tkazib kelinyapti. 2018 yil 12ta, 2017 yil 16ta jamoa ishtirok etgan. 14 jamoalik formatda klublar 26tadan o'yinda maydonga tushadi.

Telegram kanalimizga qo'yilgan "Superligada mavsum davomida 26 o'yin" mazmunidagi so'rovnomada o'quvchilarimizning 66 foizi "kam, ko'paytirish kerak" degan variantda to'xtalgan. 34 foiz ishtirokchi esa "o'yinlar soni etarli, etirozga o'rin yo'q" degan javobni belgilagan.




Bu har doim bahs-munozaralarga sabab bo'ladigan mavzu. "Superligada nechta jamoa qatnashishi kerak?" degan savolga hammaning o'z fikri bor. Kimdir hozirgi 14ta jamoalik formatni maqul desa, kimdir yo'q, jamoalar soni kam, ko'paytirish lozim degan fikrni ilgari suradi.

Lekin xolis aytganda baribir bir mavsum uchun 26ta o'yin kam. Buning ustiga bazan yuzaga keladigan tanaffuslar uzoq cho'zilib ketyapti. To'g'ri, buyoqda Kubok o'yinlari ham, ammo baribir Superliga darajasi boshqa. Har bir klub Kubokdan ko'ra (final bundan mustasno), chempionatning istalgan turiga ko'proq "nastroy" qiladi.

OFK talabiga ko'ra, Liga professional maqomiga ega bo'lishi uchun Ligadagi har bir klub mavsum davomida kamida 29ta o'yin o'tkazishi belgilab qo'yilgan. Bizda ham shu narsaga amal qilinyapti. CHempionatdagi 26 tur va Kubokning guruh bosqichidagi 3ta o'yin - o'yinlar soni kamida 29ta bo'lishini belgilab beradi.

Ammo aytib o'tganimizdek, Superliganing darajasi baland bo'lgani uchun jamoalarga ko'proq o'yin kerak bo'ladi. Bu tomonlama esa 16ta jamoalik chempionat maqsadga muvofiq degan fikrdamiz. Agar chempionatimizda 16ta klub ishtirok etsa, unda har bir klub yil bo'yi 30tadan uchrashuv o'tkazadi, qolaversa Kubok bahslarini qo'shib hisoblasak, bu raqam yanayam ortadi.

Endi savol tug'ilishi mumkin: agar Superligada 16ta jamoa qatnashsa, unda Proligada kimlar o'ynaydi? Proligadan Superligaga chiqadigan davogar bo'ladimi? Bu ham to'g'ri savol, chunki Superliga 16ta jamoa bilan o'tkazilsa, Proligadan chiqadigan yaqqol nomzod ko'rinmay qolishi mumkin, biroq bu o'rinda Proliga klublari sonini ham ko'paytirishga to'g'ri keladi. Qanday qilib?

Malumki, PFL uchta ligani o'tkazib kelyapti: Superliga, Proliga va Birinchi liga. Qarang, Superligada 14ta jamoa qatnashyapti, Proliga 10ta klub bilan boshlandi va keyinchalik ayrim sabablarga ko'ra, 8ta jamoa qoldi. "Oqtepa" bilan "Istiqlol" moliyaviy holat tufayli o'yinlarni oxirigacha etkazib qo'ya olmadi.

8ta jamoalik musobaqa 35 million aholisi bor O'zbekiston uchun kam degani. Ko'p davlatlarda Superligada kamroq jamoa qatnashsa ham, keyingi ligalarda nisbatan ko'proq klublar ishtirok etadi. Bizda esa buning teskarisi. SHunday ekan, vaziyatdan chiqishning bir yo'li bor: Proliga va Birinchi ligani birlashtirish.

To'g'risi, Birinchi liga nima uchun tashkil qilinganini haligacha tushunmayman. Reglamentda Birinchi liga formati ishtirokchilar soni aniq bo'lganidan keyin shunga qarab o'tkaziladi deyilgan. Bu esa mavhum tushunchani bildiradi. Demak, qatnashuvchi jamoalar chiqmasa, balki o'tkazilmasligi ham mumkin.

Yakunda Birinchi liga 12ta jamoa bilan boshlandi va "Rubin" musobaqadan chiqib ketgach, 11ta klub musobaqani tugatib qo'ydi. Endi faraz qiling, PFL ikkita kuchli ligaga asos solsa bu qanday bo'ladi? Superliga va Proliga. Superligada aytaylik, 16ta klub qatnashsin, Proligada ham kamida 16ta va undan yuqori jamoalar. Mayli 18-20ta klub qatnashsin. Bunda Proliga va Birinchi liga birlashgan tartibda tashkil etiladi va Birinchi ligani alohida o'tkazishning hojati qolmaydi.

Hozirgi holatda kimdir Birinchi ligani qunt bilan kuzatib borganiniga ishonish qiyin. O'zbekistonda futbolning bugungi darajasidan kelib chiqib PFL uchun ikkita professional liga etarli deb o'ylaymiz. Va har bir liga ikki davrali tizimda o'tkazilsa, bu jahon standartlariga ham mos keladi.

Agar shunday bo'lsa, bu yil Superligadan hech kim tushib ketmaydimi? Ha, shunday bo'lishi ham mumkin. Superligada qolish uchun kurashayotgan "Turon" ham, "Andijon" ham, "Metallurg" bilan "Mashal" ham o'z joyida qolishi mumkin, FAQAT reglamentdan to'liq yuz o'girmagan holda Proliganing 3-jamoasi o'tish o'yinida Superliganing 12-o'rindagi klubiga emas, balki 14-o'rindagi jamoasiga qarshi o'ynaydi.

SHunda Superliganing oxirgi jamoasi Proligada uchinchi o'rinni olgan klub maydoniga safar qiladi. Agar g'alaba qozonishni uddalasa, Superligada o'zi qoladi, mabodo yutqazib qo'ysa, unda yo'lni Proliga klubiga bo'shatib beradi. Buning natijasida kelasi yil Superligada 16ta klub qatnashadi va Proliga ham kamida 16ta jamoalik formatda o'tkaziladi.

Unda Birinchi liga nima bo'ladi? PFL birinchi ligani boshqacha tartibda o'tkazadi. Bu quyidagicha bo'ladi: har bir viloyat birinchiligi g'oliblari bitta yaxlit musobaqada ishtirok etadi, bu esa Birinchi liga deyiladi. Viloyat chempionatlari davom etaveradi. Faqat g'olib jamoa mavsumning qaysidir oyida barcha viloyatlar chempionlari jam bo'ladigan Birinchi ligada Proliga yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.

Bu musobaqa aytaylik, 12ta jamoa ishtirokida olib boriladi va markazlashgan tartibda faqat bitta joyni tanlab o'tkaziladi. Musobaqa yakunida birinchi-ikkinchi o'rin egalari Proligaga yo'l oladilar. Boshqa klublar esa yana o'z viloyat birinchiliklariga qaytib ketadi.

SHu tariqa har mavsum yakuniga ko'ra, Superligadan 2ta, Proligadan ham 2ta klub tushib ketadi va bunda alohida pley-off o'tkazishga hojat qolmaydi. Balki Proliga qachondir kuchayib ketsa, shunda pley-offni o'ylab ko'rsa bo'ladi.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика