So’nggi yangiliklar

23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  0 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:07"Реал" — "Пачука". Таркиблар маълум  10 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  58 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  2 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  3 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  3 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0

PFL tomonlarda nima gap? Yangiliklar

PFL tomonlarda nima gap?

Bugun ish bilan O'FF binosiga bordim. Maqsad - PFL Bosh direktori Omon G'ofurov bilan uchrashib, bazi savollarga javob olish edi.

Bilasiz, ertaga - 14 dekabr kuni O'FF yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazadi. SHu bois federaciyada ish qizg'in. Hamma ertangi marosimga tayyorgarlik ko'rish bilan band. Vaqti tig'iz bo'lishiga qaramay, Omon G'ofurov bilan qisqacha suhbatlashib, bazi savollarga javob olishga muvaffaq bo'ldim. Aytish mumkinki, bu savollar ayni paytda ko'pchilikni qiziqtirayotgan savollardir. 

Superligada keyingi yil aniq 12ta jamoa bo'ladimi? 

Hammamiz o'rganib qolgan oliy liga keyingi yildan Superliga deb ataladi va musobaqada 12ta jamoa qatnashishidan xabaringiz bor. Lekin ora-sira 14ta jamoa bo'larmish, "Dinamo" bilan "So'g'diyona" ham elitada o'ynarmish degan gaplarni eshitib qolyapmiz. SHu bois Omon G'ofurovdan keyingi yil Superligada aniq 12ta jamoa bo'ladimi degan savolga "Ha" degan javobni oldim. 

- "Biz bu haqda elon qilib bo'lganmiz, - deydi PFL Bosh direktori. - 2018 yil Superligada 12ta jamoa bo'lishi aniq. 14ta jamoa bo'larmish degan gap-so'zlar esa shunchaki mish-mish xolos". 

12ta jamoa kimlar? 

Xo'p, 12ta jamoa bo'lishini hal qilib oldik. Lekin ikkinchi savol yuzaga kelyapti: bu jamoalar kimlar? Biz nomma-nom shu-shu klublar o'ynaydi deya olamizmi? Bu haqda Omon G'ofurov shunday dedi: "Hozircha aniq 12ta klub nomini to'liq ayta olmayman, chunki biz barcha klublarga 1 fevralga qadar licenziyadan o'tish muhlatini berganmiz. Licenziyadan kimlar o'tsa, shular Superligada qatnashadi". 

Superliga qurasi qachon bo'ladi? 

O'tgan yil 15 dekabr kuni oliy liga-2017 uchun qura tashlangandi. CHunki jamoalar turma-tur o'z raqiblarini qancha oldin bilsa, shunga qarab mavsumga hozirlik ko'radi. Viloyatlarga boradigan jamoalar mehmonxona band qilishadi, yo'l chiptalariga buyurtma berishadi deganlaridek. 

Lekin Omon G'ofurovning aytishicha, keyingi yil Superliga uchun fevral oyida qura tashlanar ekan. Yana o'sha gap, Superligada o'ynaydigan 12ta jamoa nomi rasman malum bo'lganidan so'ng musobaqaga qura marosimi o'tkaziladi. Bu juda g'alati yangilik. Balki bu masala keyinroq ko'rib chiqilishi ham mumkin. 

Boshqa savollar 

Suhbat davomida boshqa savollarga ham javob olgandek bo'ldim. Masalan, Superliga aniq to'rt davrali formatda o'tkazilishi, birinchi ligada 24 yoshgacha chegara hali ko'rib chiqilayotgani, Superliga klublari uchun yillik badal puli 500 million so'm bo'lishi haqiqatdan yiroqligi, birinchi ligada ham aniq 16ta jamoa qatnashishi va boshqalar. 

Xullas, PFL tomonlarda mana shunaqa gaplar. Klublar dekabrning ikkinchi yarmidan keyingi mavsumga tayyorgarlik ko'rishni boshlaydilar. Lekin ularning ayrimlari qaerda o'ynashni bilmay turib mashg'ulot o'tkazaveradi. Baribir hamma PFL tomonidan bo'ladigan yangiliklarni kutib yashaydi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика