So’nggi yangiliklar

09:20Туркиялик футболчининг трансфер нархи 80 миллион евро этиб белгиланди  0 08:59ФИФА президенти яна бир бор Ўзбекистон ҳақида фикр билдирди  2 08:15"Челси" январда 50 миллион фунтлик трансферни амалга оширмоқчи  0 07:45Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаварони терма жамоаси устози бўлгани ҳақида фикр билдирди  7 01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  5 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  39 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  6 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  6 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  2 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2

"Persepolis" murabbiyi Yahyo Gulmuhammadi: "Bugun darvozabonimiz ham xuddi so'nggi himoyachi kabi o'ynadi" Yangiliklar

"Persepolis" murabbiyi Yahyo Gulmuhammadi: "Bugun darvozabonimiz ham xuddi so'nggi himoyachi kabi o'ynadi"

OCHL 1/8 finalida Eronning "Persepolis" klubi "Al Sadd"ni 1:0 hisobida mag'lub etib keyingi bosqichga yo'l oldi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida tehronliklar ustozi Yahyo Gulmuhammadi quyidagi fikrlarni bildirdi. 

- Avvalo g'alaba qozonganimiz va keyingi bosqichga chiqqanimiz bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Bugungi o'yin ham avvalgilari kabi qiyin kechdi, lekin biz o'zimizni ko'rsata oldik. Raqib jamoa hujumda juda faol bo'ldi, shu bois jamoaviy himoyalanishga etiborni ko'proq qaratdik. Bugun darvozabonimiz ham xuddi so'nggi himoyachi kabi o'ynadi. SHu o'rinda "Persepolis"ning barcha muxlislari qatori o'z futbolchilarimga ham rahmat aytaman. CHunki jamoamiz bugun katta ishni bajardi.


- "Persepolis" bungacha OCHL yarim finalida ikki bor o'ynagan. SHuningdek, 2018 yil finalda ham ishtirok etgan. SHundan kelib chiqib jamoa bu borada etarlicha tajribaga ega va bu yil ham yaxshi ko'rsatkich qayd etadi desa bo'ladimi? 

- Aytib o'tganimdek, bu yilgi OCHL o'yinlari oson bo'lmayapti. Dohaga kelganimizdan beri birorta bahsni mana shu oson kechdi deb ayta olmayman. Bu erga kelganimizda guruhda oxirgi o'rinda edik. Ammo turdan turga o'zimizni ko'rsatib, keyingi bosqichga chiqish bilan birga 1/8 finaldan ham o'tdik. Guruhdan birinchi o'rin bilan chiqish oson bo'lmadi. Endi keyingi bellashuv yanada murakkab bo'ladi. CHunki navbatdagi raqibimiz ham kuchli jamoa bo'ladi. Qaysi bosqichga borishimizni bilmayman, faqat shuni aytishim mumkin, har bir o'yinda oxirigacha kurashishga harakat qilamiz.


- Uchrashuvning 84-daqiqasida birdaniga uchta o'zgarishni amalga oshirdingiz. SHundan so'ng jamoa hujumi o'zgarib to'rt daqiqadan so'ng "Persepolis" gol urdi. O'yin qo'shimcha bo'limlarda ham davom etishini xohlamadingizmi? 

- Almashtirishlar odatda maydondagi futbolchi charchaganda yoki taktikada o'zgarish qilishni xohlaganda amalga oshiriladi. Biz o'yin tizginini qo'ldan boy bermaslik uchun zaxiradan yangi kuchlarni tushirdik. CHunki bahs oxirlariga kelib jamoa toliqib qolgandi. Agar gol urmaganimizda qo'shimcha bo'limlarga o'tish ham mumkin edi. Lekin men zaxiradan 3 nafar futbolchini tushirib jamoam o'yiniga yangilik kiritishni istadim. Bu esa o'z samarasini berdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика