Perishich kelasi haftada "Tottenxem"ga o'tish oldidan Londonda tibbiy ko'rikdan o'tadi
28 may 2022 18:47
Yangiliklar
Perishich kelasi haftada "Tottenxem"ga o'tish oldidan Londonda tibbiy ko'rikdan o'tadi
"Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich "Tottenxem" bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi.
33 yoshli xorvat kelasi haftada Londonda tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Perishichning "Inter" bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan, shu sabab u jamoadan yozda erkin agent maqomida ketishi mumkin.
Futbolchi "Tottenxem" bilan ikki yillik kelishuv borasida kelishib oldi. O'yinchining xizmatlariga shaxsan "shporlar" bosh murabbiyi Antonio Konte qiziqish bildirgan edi.
Perishich 2015 yilning avgustidan beri "Inter"da o'ynamoqda. U 2021/22 yilgi mavsum 48ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Fikrlar