Pep Gvardiola: "VAR o'yin dinamikasini o'zgartirdi"
10 avg 2019 19:40
Yangiliklar


Pep Gvardiola: "VAR o'yin dinamikasini o'zgartirdi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL 1-turida "Vest Xem"ga qarshi g'alabadan (5:0) so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
Birinchi o'yin, safarda 5:0 - bu albatta aqlbovar qilmas natija. Lekin, bugun bazt kamchiliklar, to'g'ri qila olmagan texnik va taktik jihatlar bo'yicha ishlashimiz kerak.
Qanotlarda o'ynaydigan yigitlar gollar ura olsa, jamoangiz juda ko'p gol uradi. Sterling bugun juda yaxshi o'ynadi, barcha mavsum oldi o'yinlarida gollar urib keldi. Ammo, birinchi bo'limda yaxshiroq o'ynashi mumkin edi.
VAR sizning tarafni olmaganda, ruhan tayyor bo'lish kerak. Xotirjamlikni saqlash va kuchli bo'lish kerak. VAR o'yin dinamikasini o'zgartirib yubordi, faqat jamoa uchun emas, tomoshabinlarga ham. Bu biz uchun keyingi o'yinlarda ajoyib dars bo'ldi".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar