So’nggi yangiliklar

16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  2 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  11 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  21 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3

“Penalty”: Timur Hakimov: “Penaltidan gol urishni ham bilish kerak” Yangiliklar

“Penalty”: Timur Hakimov: “Penaltidan gol urishni ham bilish kerak”

Loyihamizning navbatdagi mehmoni sifatida O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoasi sobiq hujumichisi, ayni paytda “Oq-tepa” klubida faoliyat olib borayotgan Timur Hakimovni tanladik.

Yosh hujumchi shu kunlarda shaxsiy muammolarini hal qilayotganiga qaramay loyihada ishtirok etishga rozi bo'ldi. Suhbat “Oq-tepa” stadionida bo'lib o'tdi.

Gulshan Sadullaeva: 1.Yoshlikni esga olsak...

- Yoshligim barcha bolalar kabi oddiy o'tgan. Ko'chada tengdoshlarim bilan o'ynardim. Juda yoshligimdan futbol bilan hamnafas bo'lganman. Do'stlarim bilan birga sayr qilardik. Oddiy bolalik bo'lgan.

Narzulla Saydullaev: 1. Futbolga qanday kirib kelgansiz?

- Yoshligimda ko'chada futbol o'ynab yurganimizda kattaroq bolalar uydagilarim yoniga kelib meni futbolga berishlarini so'rashdi. Bu bolada qobiliyat bor deb aytishgandi. Birinchi murabbiyim Aleksey Evstafeev edi. SHu murabbiy meni bir hafta kuzatib o'z jamoasiga qabul qilgandi. SHu tariqa professional futbol bilan shug'ullana boshladim. Menimcha o'sha payt 7 yoki 8 yoshda edim.



Gulshan: 2. Bir kun oldin o'zingizni o'yinga qanday tayyorlaysiz?

- O'yindan bir kun oldin imkon qadar kech uxlayman. SHunda ertasi kuni ko'proq uxlab, yaxshilab dam olaman. O'yin haqida o'ylamayman, asosan dam olaman. SHunda ruhiy charchoqlar chiqadi. Uchrashuv arafasida esa bor etiborim maydonga qaratiladi.

Narzulla: 2. 2010 yil Toshkentda o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatidan qanday xotiralar qolgan?

- Ajoyib xotiralarga boy bo'lgan. Sababi o'sha chempionat faoliyatimdagi ilk katta musobaqa edi. Oldimizga qo'yilgan vazifa Jahon chempionatiga chiqish bo'lib, biz maqsadimizga erishgandik. O'sha jamoa ancha yillar davomida birga o'ynab shakllanib kelgandi. Barcha yigitlar bir birlari bilan juda ahil edi. Finalga qadar etib borib KXDRga yutqazib qo'ygandik. Hal qiluvchi o'yinda omadimiz kelmagan va hakam uchrashuvni buzib qo'ygandi deb hisoblayman. Qizil kartochka barchasini o'zgartirib yuborgandi.

Gulshan: 3. Futbolistlarda ham aniq ovqatlanish tartibi bormi? Nimalar mumkin-u, nimalar mumkin emas?

- Umuman olganda ortiqcha vazni bo'lsa non, yog'li taomlardan voz kechishi kerak. Futbolchi mavsum davomida o'z sport formasini maromida saqlab turishi lozim. Agar vazn bilan muammo bo'lmasa istalgan narsani meyorida istemol qilsa bo'ladi. Spirtli ichimliklar esa umuman mumkin emas.

Narzulla: 3. Meksikadagi mundialni yodga olamiz...

- Dastlabki Jahon chempionatim edi. Menimcha u erda yomon natija ko'rsatmagan edik. Dastlabki turdagi mag'lubiyatga qaramay chorak finalga qadar etib borgandik. Mundialdagi sharoitlar, muhit ajoyib edi. Meksikada xatto bizga mahalliy aholi ham chin dildan muxlislik qilishgandi. Xuddi o'z maydonimizda o'ynagandek tasavvur bo'lgandi.



Gulshan: 4. O'zbek futbolini aynan kimsiz tasavvur qila olmaysiz?

- Bunday insonlar juda ko'p. Menimcha birinchi o'rinda O'FF prezidenti Mirabror Usmonovni takidlab o'tgan bo'lardim. Aynan ular prezident bo'lgach futbolimizda katta o'zgarishlar va rivojlanishlar kuzatildi. Futbolchilarga kelsak, terma jamoadagi deyarli barcha futbolchilarni aytsa bo'ladi Jeparov, Ahmedov, Nesterov, Denisov, Tursunov, Iskanderov, Sergeev...ularning barchasi kuchli o'yinchilar.

Narzulla: 4. Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatidagi ishtirok va JCHga olib ketilmaslik...

- O'sha musobaqani ham yaxshi eslayman. Guruhdagi so'nggi o'yinda yutmasak keyingi bosqichga chiqa olmasdik. Yaxshiki, KXDRni mag'lub etib chorak finalga chiqqandik. Jahon chempionatiga yo'llanma uchun bahsda Suriyaga qarshi o'ynagandik. Juda ham issiqda o'tgan bahsda durang qayd etilgan va penaltilar seriyasida g'olib chiqqandik. O'shanda so'nggi zarbani aynan men yo'llagandim (kuladi). Hissiyotlar juda ham ajoyib edi. Jahon chempionatiga yo'llanma oldik, lekin Turkiyaga boradigan futbolchilar ro'yxatidan o'rin olmadim. Bu murabbiyning qarori edi, balki o'zimda ham xato bo'lgandir. O'yinimda pasayish bo'lgandir. Har qanday futbolchi musobaqaga olib ketilmasa xafa bo'ladi, afsuslanadi. Menda ham bu bo'lgan, albatta.

Gulshan: 5. Jamoadoshlaringizdan kimning insoniy jihatlarini juda xurmat qilasiz?

- Ildar Magdeev! U menga xuddi akamdek bo'lib qolgan. Uni inson sifatida ham, futbolchi sifatida ham hurmat qilaman. Har qanday sharoitda maslahatini ayamaydi. Doim yordam beradi. Qiyin vaziyatda unga suyansa bo'ladi. “Paxtakor”da o'ynab yurganimda ham meni qo'llab-quvvatlardi. Qo'lidan kelgan har qanday yordamni beradi.



Narzulla: 5. "Paxtakor", "Andijon", "Olmaliq" va "Oq-tepa". Har bir klubga alohida to'xtalib o'tsangiz.

- “Paxtakor” faoliyatimda eng katta o'rin tutgan klub, shu klub tarbiyalanuvchisiman. Biroq ushbu klub safida o'zimni namoyish eta olmadim. Bir kun kelib bu jamoaga asosiy tarkib futbolchisi sifatida qaytishni niyat qilganman “Andijon”da ijarada o'ynaganman. Azamat Abduraimov qo'l ostida faoliyat olib borgandim. “Olmaliq”da Igor SHkvirin bilan ishladim. “Oq-tepa” bu yil oliy ligaga chiqishni maqsad qilib qo'ydi. Jamoa tarkibida bir qator tajribali futbolchilar bor. Bu jamoa orqali kuchli klubga yo'l olishim mumkin. Klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.  Agar oliy ligadan taklif tushsa meni qo'yib yuborishga tayyorliklarini aytishganida xursand bo'ldim. Bu yil “Oq-tepa” oliy ligaga chiqishiga ishonaman.

Gulshan: 6. O'zbekistonda siz eng mahoratli deb hisoblaydigan 3 nafar futbol hakamlari kimlar? Nega aynan ular?

- Ravshan Ermatov. Bu hakam nafaqat yurtimizda balki Jahonda o'z o'rniga ega bo'lgan kuchli hakam. Vladislav Ceytlin. Bu hakamni ham juda tajribali va kuchli hakam deb hisoblayman. Valentin Kovalenko. Bejizga bu hakamlarga Osiyo darajasidagi kuchli o'yinlarni ishonib topshirishmaydi.

Narzulla: 6.Oliy ligadagi eng yaxshi penaltichilar kimlar?

- Kaxi Maxaradze! (kuladi) Uni eng yaxshi penalti tepadigan futbolchi deb hisoblayman. Jahonda esa Ronaldu. Balki u har bir o'yinda penalti tepar, lekin o'sha penaltini ham urishni bilish kerak.



Gulshan: 7. Quyidagilardan siz qila olmaydiganlari qaysilar?
 -ovqat pishirish

Yo'q
-rolikda uchish
Bilaman
-avtomobil boshqarish   
Bilaman
-tikish
Yo'q
-suvda suzish
Bilaman
-shaxmat o'ynash
Yo'q
-dazmol qilish
Yo'q
-latifa aytish
Yo'q
-sher yozish,
(kuladi) yo'q
-texnika tuzatish
Sal-pal bilaman
-karra jadvali...
 beshgacha bilaman (kuladi) hazil

Narzulla: 7. Xorij klublaridan bo'lgan qiziqishlar qanchalik rost edi?

- Meksikadagi mundialdan so'ng “Zenit” klubidan taklif bo'lgani haqida eshitganman. Klubga va murabbiyga murojaat qilishgan. Qolgan klublar haqida esa faqat internetda o'qiganman. Balki ular ham qiziqishgandir, balki menga aytishmagandir... Bundan xabarim yo'q.

Gulshan: 8. Faoliyatingiz davomidagi eng yorqin xotira.

- Toshkentda o'tgan Osiyo chempionati chorak finalida Suriya bilan o'ynagandik va men 87-daqiqada boshim bilan gol urib jamoamizni Jahon chempionatiga olib chiqqandim. Hozirga qadar o'sha lahza eng yorqin xotira bo'lib turibdi. O'z vatanimizda ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgandik. G'aroyib hissiyotlar edi. 

Narzulla: 8. Qaysi murabbiy faoliyatingizda eng muhim o'rin tutgan?

- Aleksey Evstafeev. Nimani bilsam, nimaga erishgan bo'lsam shu kishining mehnati evaziga bo'lgan. Undan doim minnatdorman. Fursatdan foydalanib, hozir ham ularga rahmat aytmoqchiman.

Gulshan: 9. Futbolchi uchun psixologik holat qanchalik muhim?

- Juda muhim. Sababi ruhiyat bilan muammo bo'lsa futbolchi har bir o'yinda chetlatilishi mumkin, raqibga jarohat etkazishi mumkin. Hozir ham “Oq-tepa”da ruhshunos faoliyat olib bormoqda.



Narzulla: 9. Hazil savol. Messining ham bo'yi kichkina lekin u Messi. Markaziy hujumchining bo'yi past bo'lishi o'yiniga qanchalik tasir qiladi?

- O'smirlik futbolida bu uncha sezilmasdi. Hozir esa bu albatta seziladi. Markaziy hujumchi baland, bo'ydor, baquvvat bo'lishi kerak. Yoki Messi bo'lishi kerak (kuladi). Hozir klubda qanot hujumchisi sifatida o'ynayapman.

Gulshan: 10. Bo'sh vaqtlarda Temur Hakimovni qaerdan topishimiz mumkin? Nimalar bilan mashg'ul bo'lasiz?

- Asosan do'stlarim bilan sayr qilaman. Playstation o'ynab turaman, bazida uyda xordiq chiqarman. Bazida barcha bilan birga kechki ovqat qilamiz.

Narzulla: 10. Oliy ligada 10ta o'yinda maydonga tushgan ekansiz. Ammo bironta ham gol urolmagansiz.

- To'g'risi oliy ligada omadim kelmagan. Ko'p o'yinlarda zaxiradan maydonga tushganman. Asosiy ayb o'zimda, xudo xohlasa kelajakda oliy ligada ko'plab gollar uraman. Buning uchun tinmay mehnat qilmoqdaman.



Gulshan: 11. Qo'lingizda bo'lganida loyihamizga qanday o'zgarish kiritgan bo'lardingiz?

- (uzoq o'ylanib) Loyiha faqat gazeta va saytda emas televizorda ham ko'rsatilishini istardim. Sababi loyihada juda ko'p qiziqarli savollar beriladi. Buni jonli tarzda ko'rish futbol muhlisi uchun ham, futbol vakillari uchun ham qiziq. Oddiy intervyuni telefon orqali ham berishim mumkin, bu loyiha esa dildan suhbat tarzida o'tadi. Futbolchilar uchun turli musobaqalar ham o'ylab topsangiz ham yaxshi bo'ladi.

Narzulla: 11. Loyihamizning ananaviy savoli: Yodingizda qolgan penalti yoki penaltilar seriyasi.

- 2006 yil Jahon chempionati finalida Italiya va Franciya o'rtasidagi o'yindagi penaltilar seriyasi yodimda qolgan. Trezege gol ura olmagan va francuzlar mag'lubiyatga uchrashgandi. O'shanda Franciyaga muxlislik qilgandim. O'zimning eng muhim 11 metrlik jarima to'pimga kelsak Osiyo chempionati chorak finalidagi Suriyaga urilgan penalti.

Gulshan Sadullaeva va Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Foto:
Tolibjon Qosimov


“Penalty”. Xayrulla Karimov: “Futbolda “Yulduzlik kasali” rivojlanib ketdi”

“Penalty”. Ikrom Aliboev: “Abramov tufayli “Lokomotiv”da qoldim”

“Penalty”. Zohir Pirimov: “Futbol meni o'zgartirdi”

“Penalty”. Lochin Soliev: “CHempionatimiz ancha qiziqarli kechmoqda”

“Penalty”: Igor Sergeev: “Futboldagi hissiyotlarni hech qanday pul evaziga sotib olib bo'lmaydi”

"Penalty": Temurxo'ja Abduxoliqov: “Xayriya fondi ochish niyatim bor”

“Penalty”: G'ulom-Haydar G'ulomov: “Futbol tufayli hayotda to'g'ri yo'ldan ketyapman”

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика