So’nggi yangiliklar

15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  0 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  7 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  18 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5

“Penalty”: Sato Minori: “Yakisoba, velosiped va 2002 yilgi mundial haqida” Yangiliklar

“Penalty”: Sato Minori: “Yakisoba, velosiped va 2002 yilgi mundial haqida”

Loyihamizning navbatdagi mehmoni “Bunyodkor” klubining legioner futbolchisi Sato Minori bo'ldi.

Yaponiyalik futbolchi barcha savollarga xushchaqchaq kayfiyatda javob qaytardi. Savol javobni o'tkazishda amaliy yordam bergani uchun “Bunyodkor” klubi matbuot xizmatiga minnatdorchilik bildiramiz.

Gulshan Sadullaeva: Keling, yoshlik davrlaringizni eslaymiz...
- Yoshligim oddiy va sodda o'tgan. Maktabda fanlarni o'zlashtirishga juda tirishardim-u, baribir yaxshi o'qimaganman. Futbol o'ynash menga qiziqroq tuyulaverardi.

Narzulla Saydullaev: Yaponiyadagi Gunma shahrida tug'ilgan ekansiz. O'sha shahar haqida nima deya olasiz?
- Ha, yoshligim Gunmada o'tgan. Gunma ham xuddi Toshkentga o'xshaydi, lekin poytaxt shahar emas. Gunmaga borsangiz sizni yakisoba bilan mehmon qilishadi. SHahrimning milliy taomi shu. Juda mazali.



Gulshan: O'zingizga 3ta sifat bilan tarif bering?
- Sokin insonman, biroz uyatchanligim bor. Bazan hazilkash ekanligimni ham aytishadi.

Narzulla: Yaponiya klubida o'ynab turib boshqa qitaga, AQSHga ko'chib o'tgansiz. So'ngra Meksikaga. Bu qanday sodir bo'lgan?

- Faoliyatimni Yaponiyada boshladim va Evropaga ketishga harakat qildim. Bundan bir ish chiqmgach agentlar yordamida AQSH klubiga yo'l oldim. “Indiana Invaders” klubida 10ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urdim. U erda o'ynab yurganimda menga Meksika klubidan qiziqishlar bildirildi va keyingi faoliyatimni “Puebla”da davom ettirishga qaror qildim. Biroq bu klubda o'zimni bor mahoratimni namoyish eta olmadim.

Gulshan: AQSH, Meksika futboli haqida nima deya olasiz?

- Amerika futbolini misli "shou" tarzida tasavvur qilishingiz mumkin. Televideniya, ko'p muxlislar, shov-shuvlar va hokazo. Meksikaning esa haqiqiy futboli va haqiqiy muxlislari bor. Futbolni sevgan har bir inson uni o'zining yarim joni deb hisoblaydi. Meksika - futbol vatani, desam yanglishmayman.


Narzulla: Endi Latviya va Belorussiyadagi faoliyatingizga to'xtalib o'tsangiz.
- Meksika klubi bilan shartnoma imzolab shu erda o'ynashni boshladim. Lekin ko'p o'tmay tushunib etdimki, bu jamoaning saviyasida o'ynay olishim uchun hali ancha mehnat qilishim kerak ekan. “Puebla” bilan 4 yillik shartnoma imzolangandi, biroq yana agentlar yordami bilan azaliy orzuim bo'lgan Evropaga ketishni xohladim va ko'p o'tmay Latviya klubi meni o'z safiga qo'shib oldi. “Gulbene” jamoasidagi faoliyati ajoyib boshlangan 10ta o'yinda 7ta gol. Keyinchalik Latviya oliy ligasida o'ynaydigan “Ventspils” safiga o'tdim. “Ventspils” so'ngra “Skonto” safida mamlakat kubogini qo'lga kiritdim. Latviya va O'zbekiston futbolining o'xshash va farqi tomonlari nimada? Latviyada asosan jismonan kuchli futbolchilar o'ynashadi, ko'pchilik futbolchining bo'yi kamida 190 sm. O'zbekistonda esa asosan taktika tomonlama ustun. Turkiyada yig'in vaqtida Belorussiya klubi menga qiziqib qolishgan. Brestning “Dinamo” klubidagi faoliyatim ham yaxshi o'tgan. Yaxshi saviyadagi raqiblarga qarshi o'ynagaman.

Gulshan: Salbiy hislatlaringiz qaysilar?

- (uzoq o'ylanib) Bilmayman. Ichmayman, chekmayman, uyqichi emasman. Salbiy hislatim yo'q ekan (kuladi).


Narzulla: Yaponiya terma jamoasi nimaning evaziga ketma-ket Jahon chempionatlarida ishtirok etib kelmoqda?
- O'zim milliy terma jamoada to'p tepmadim. SHu boisdan ham bu savolga siz istaganchalik to'liq javob bera olmasam kerak. Yurtimda bolalar futboliga etibor katta. Yaponiyada futbol akademiyalarining murabbiylari asosan Evropada tajriba to'plab qaytishadi, bir omil shu bo'lsa kerak. Ayni paytda “Bunyodkor” akademiyasi ham havas qilarlik darajada ekanligini takidlab o'tishim mumkin. Ayni paytda Yaponiya terma jamoasini juda kuchli deya olmayman.

Gulshan: AQSH, Meksika, Latviya, Belorussiya va O'zbekistonda o'ynadingiz. Qaysi mamlakatda o'zingizni qulayroq his qilgansiz?

- Futbol taraflama ko'proq Meksika meni o'ziga jalb qila olgan. Hayot tarzi taraflama Latviya va O'zbekistonni aytishim mumkin. Ikkala davlatda ham do'stona va samimiy muhit hukmron.

Narzulla: “Dinamo” Brestda o'ynagan vaqtda mashg'ulotlarga velosipedda borgan ekansiz. Bu malumot qanchalik rost?

- Ha, shunday bo'lgan (kuladi). Ham jismoniy taraflama, ham etib olishga qulay bo'lgani uchun o'zim uchun mini-velosiped sotib olganman. Sababi stadion uyimdan 10 daqiqalik uzoqda joylashgan edi. -Toshkentda shunday imkoniyat paydo bo'lsa, velosipedda yurarmidingiz? – Yo'q, rahmat. Toshkentning serqatnov ko'chalarida yurish juda xavfli.


Gulshan: Jamoangizdagi eng uyqichi, eng jahldor va eng muloyim futbolchilarni ayta olasizmi?
- Ivan Miloshevich juda ko'p uxlaydi. Qachon qarasam uxlab yotgan bo'ladi. Eng jahldorimiz Zuagi bo'lsa kerak. Samir Bekrich jentlmenlarga o'xshaydi, eng muloyimi u (kuladi).

Narzulla: Sergey Lushanga qanday tarif bera olasiz?

- Sergey Ivanovich... Inglizcha gapira olmaydi (kuladi). Agar jiddiy gapirsak insoniy taraflama juda ajoyib inson, maslahat ham beradi, nasihat ham beradi. Futbolchini hamma tomonlama kuchli qilishga urinadi. Qachonki ko'nglidagidek harakat qila olmasak jahlga minishlari mumkin. Faoliyatim davomidagi eng qiyin mashg'ulotlarni “Bunyodkor”da o'tayapman, desam mubolag'a bo'lmaydi. Lushan juda mehnatsevar murabbiy.

Gulshan: Futbolchilikdan tashqari erishgan eng katta yutug'ingiz qaysi?
- Bir oy oldin shaxsiy hayotimda burilish qildim, turmush qurdim (kuladi)



Narzulla: O'zingiz bilan birga o'ynagan eng kuchli uch futbolchi?
- Yaponiyada birga o'ynagan futbolchi Jun Tamano. U Madridning “Atletiko” klubi yoshlari safida ham o'ynagan. Jun faoliyatini mening ilk klubim bo'lgan “Zasupa Kusatsu”da (“Thespa Kusatsu”) yakunlangandi. Qolgan ikki futbolchi “Bunyodkor”dan – Sardor Rashidov va SHaker Zuagi.

Gulshan: Hayotingizdagi eng og'ir davrni esga ololasizmi? Bu vaziyatdan qanday chiqib ketgansiz?

- Bundan 3 yil oldin, Latviyada o'ynayotgan paytim mavsum oxirida tizzamdan og'ir jarohat oldim. Natijada uni operaciya qildirishga va Yaponiyaga qaytib ketishga majbur bo'ldim. 3 oy davomida futboldan, jamoadan yiroqda bo'ldim. Ham jismonan, ham manan og'ir ahvolga tushib qolgandim. Biroq, oilam, yaqinlarim ko'magi, qo'llab-quvvatlashi bilan oyoqqa turib oldim. Ko'p o'tmay Belorussiya klubidan taklif tushgan va Brestning “Dinamo”siga o'tib ketganman.

Narzulla: O'zbekistonga kelib sizni hayron qoldirgan jihat qaysi?

- Mashinalarning juda serqatnovligidan hayratda qolganman. Bundan tashqari ko'pchincha mashinalarni betartib boshqarishadi. Yana palov ham meni hayratlantirdi.


Gulshan: Nima sizni xafa qiladi?
- Mag'lubiyat kayfiyatimni tushiradi. Vatan sog'inchi ham bazida parishonxotir qilib qo'yadi. - Nima sizning kayfiyatingizni ko'tara oladi? – Meni faqat ovqat juda xursand qilishi mumkin (kuladi).

Narzulla: Yaponiya termasi har safar Toshkentga kelganida u bilan birga 100ga yaqin jurnalistlar keladi. O'zbekiston matbuoti kelajakda Yaponiya matbuoti darajasiga chiqishi uchun nimalar qilish kerak sizningcha?

- Yaponiyada jurnalistlar juda serharakat, hamma narsani har taraflama chuqur yoritishga harakat qilishadi. Bu borada ularning homiylari ham baquvvat. O'zbekistonda ham asosan o'yinlardan keyingi matbuot anjmunlarida ko'p jurnalistlarga ko'zim tushadi. Lekin ular qay tarzda ishlayotgani menga qorong'u. SHu o'rinda bir narsani aytib o'tmoqchiman, O'zbekistonda faqat “Bunyodkor”ning rasmiy saytidan foydalanaman. Sababi faqat o'sha erda ingliz tilidagi malumotlarga duch kelishim mumkin.

Gulshan: Sizningcha, legioner futbolchilar mahalliy futbolchilarga nimalar bera oladi?

- Ular bera oladigan asosiy narsa bu taktika va tajriba bo'lsa kerak. Asosan, ko'p klublarda o'ynagan futbolchilar o'zida ancha bilim va malakani mujassamlashtirib oladi. Ayniqsa, yosh futbolchilar ulardan motivaciya oladi, deb o'ylayman.



Narzulla: 2002 yilgi Jahon chempionati haqida nima deya olasiz?
- SHunchaki g'aroyib. O'sha mundialni yaxshi eslayman. SHaharlar faqat futbol bilan yashagan edi. Turistlar, xorijlik futbol muxlislari...SHaxsan o'zim Angliya – SHveciya uchrashuvini ko'rish uchun Saitamadagi stadionga borganman. 50 mingdan ziyod muxlis, jahonning eng kuchli jamoalari o'rtasidagi bahs, g'aroyib hissiyotlarni boshdan kechirganman. Bularni so'z bilan tariflab berishning imkoni yo'q.  

Gulshan: "Penalti" loyihasi sizga manzur bo'ldimi?
- Albatta! Kutilmagan savollar meni hayron qoldirdi. Sizlarga taklif uchun katta rahmat.

Narzulla: So'nggi savol: Yodingizda qolgan penalti yoki penaltilar seriyasi.
- O'ylab qarasam o'zim hech qachon penalti tepmagan ekanman. 2012 yilgi Evropa chempionati chorak finalida Italiya va Angliya o'rtasidagi o'yindan keyingi penaltilar seriyasida Andrea Pirloning yo'llagan zarbasini ayta olaman. U panenka uslubida Jo Xartni ojiz qoldirgan edi. 


Savol-javoblar tugagach Satoga Ispaniya milliy terma jamoasi va "Barselona" klublarining bir necha yil oldingi tarkiblari rasmi ko'rsatildi. Futbolchi ikkala jamoadan bir nafardan o'yinchini taniy olmadi.


Gulshan Sadullaeva va Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Foto: Tolibjon Qosimov


“Penalty”. Xayrulla Karimov: “Futbolda “Yulduzlik kasali” rivojlanib ketdi”

“Penalty”. Ikrom Aliboev: “Abramov tufayli “Lokomotiv”da qoldim”

“Penalty”. Zohir Pirimov: “Futbol meni o'zgartirdi”

“Penalty”. Lochin Soliev: “CHempionatimiz ancha qiziqarli kechmoqda”

“Penalty”: Igor Sergeev: “Futboldagi hissiyotlarni hech qanday pul evaziga sotib olib bo'lmaydi”

"Penalty": Temurxo'ja Abduxoliqov: “Xayriya fondi ochish niyatim bor”

“Penalty”: G'ulom-Haydar G'ulomov: “Futbol tufayli hayotda to'g'ri yo'ldan ketyapman”

“Penalty”: Timur Hakimov: “Penaltidan gol urishni ham bilish kerak”

“Penalty”: SHahzodbek Nurmatov: “Manchester Yunayted” tufayli futbolchi bo'lganman”

“Penalty+SHaxmat”: Nafisa Mo'minova: “Futbolda ham, shaxmatda ham aqlni ishga solish kerak”

“Penalty”: Mansur Saidov: “Umuman penalti tepmasligimga jiddiy sabab bor”

“Penalty”: Rasul Rahmonov: “Andijon”ni qiyin vaqtda tashlab ketgim kelmagan”

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика