

Qiziqarli kechgan uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekdi (1:1). Shu tariqa g'uzorliklar 15 yildan so'ng "Bunyodkor"dan safarda ochko oldi. Jamoa oxirgi marotaba 2010 yil shunday natija qayd etgan edi. Denilson tomonidan urilgan golga "Sho'rtan"dan Zayniddin Tojiev javob qaytargan. Bu jamoalarning poytaxtda kechgan o'n birinchi bahs sifatida tarixga kirdi.
"Bunyodkor" navbatdagi uchrashuvini 13 avgust kuni "Surxon"ga qarshi o'tkazsa, "Sho'rtan" 12 avgust kuni o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi.



