"Manchester Siti" o'rtoqlik o'yinida "Palermo"ni yirik hisobda mag'lub etdi, Husanov maydonda harakat qildi
10 avg 2025 02:03
Yangiliklar
"Manchester Siti" o'rtoqlik o'yinida "Palermo"ni yirik hisobda mag'lub etdi, Husanov maydonda harakat qildi
"Palermo" va "Manchester Siti" jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tdi.
Manchesterliklarning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Xosep Gvardiola tanaffusda o'n nafar o'yinchini almashtirdi va hamyurtimiz ham zaxiraga olindi. Qayd etish kerakki, Husanov birinchi bo'limda ishonchli harakat qildi.
Bahs esa "shaharliklar"ning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Gollarga Erling Xoland va Tijani Reynders (dubl) mualliflik qildi.
"Manchester Siti": Jeyms Trafford, Riko Lyuis, Abduqodir Husanov, Jon Stouns, Rayan Ait-Nuri, Niko Gonsales, Niko O’Rayli, Oskar Bobb, Rayan Cherki, Omar Marmush, Erling Xoland
Zaxira: Ederson, Ruben Dias, Tijani Reynders, Natan Ake, Jeremi Doku, Ilkay Gyundogan, Bernardu Silva, Manuel Akanji, Savino, Mateus Nunes, Divayn Mukasa





O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar