Pele: "Ikki yildan beri Mbappe muxlisiman. U men kabi zo'r futbolchi"

Aslanov Jasurbek
3 apr 2019, 10:21
Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele PSJ hujumchisi Kilian Mbappe o'yini haqida fikr bildirdi.

"Mbappeni mening o'rinbosarim deyishyapti? Bu juda katta mas'uliyat! Men bu yigitchaning muxlisiman. Ikki yildan beri unga ishqibozlik qilaman. Unga menda bo'lgan omadni tilayman. Jarohatlar uni taqib qilmasin, bu juda muhim.

Nega bizni solishtirishadi? U men kabi zo'r futbolchi! Men ham yoshligimda driblingni yaxshi ko'rardim, shu sababli Mbappe Pelega o'xshaydi. Baxtliman, bu sharaf.

Uning hozirgi o'yini va mahsuldorligini hisobga olsak, u "Oltin to'p"ga munosib. Kilian qachondir bu sovrinni qo'lga kiritadi deb umid qilaman. Ayni damda Mbappe dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi" - deydi Pele.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport