Pedro bir necha haftaga safdan chiqdi
27 dek 2018 18:45
Yangiliklar
Pedro bir necha haftaga safdan chiqdi
"CHelsi" hujumchisi Pedro Rodriges keyingi bir nechta uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
"Uotford"ga qarshi bahsning birinchi bo'lim oxirida u jarohat tufayli maydonni tark etdi.
Tibbiy tekshiruvlarga ko'ra, futbolchi chap oyoqi mushaklarini shikastlab oldi. SHunday qilib, ispaniyalik o'yinchi bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.
Joriy mavsum 31 yoshli futbolchi APLning 17ta uchrashuvida maydonga tushib, 6ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.
Fikrlar