Pedri: "Marchinyak bilan bunday holat ilk bor yuz berayotgani yo'q. Bahsli vaziyatlarning barchasi "Inter" foydasiga hal qilindi"
07 may 20:37
Yangiliklar


Pedri: "Marchinyak bilan bunday holat ilk bor yuz berayotgani yo'q. Bahsli vaziyatlarning barchasi "Inter" foydasiga hal qilindi"
"Barselona" Chempionlar Ligasi 1/2 final javob o'yinida "Inter"ga mag'lubiyatga uchradi (3:4, birinchi o'yin - 3:3) va musobaqani tark etishga majbur bo'ldi.
O'yindan so'ng kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hakamlarning ishidan qattiq noroziligini bildirdi: "Har bir bahsli vaziyat raqibimiz foydasiga hal qilindi".
"Murabbiyning fikriga to'liq qo'shilaman, barcha bahsli vaziyatlar "Inter" foydasiga hal etildi. Bu hakam bilan bunday holat ilk bor yuz berayotgani yo'q va menimcha, UEFA bunday holatlarga jiddiy etibor qaratishi kerak. Men tushunmaydigan va tushuntirish qiyin bo'lgan holatlar ko'p. Deyarli barcha bahsli vaziyatlar ularning foydasiga hal bo'ldi.
Laminaga nisbatan qoidabuzarlik bo'ldi, menimcha, allaqachon sariq kartochka olgan Mxitaryan maydondan chetlatilishi kerak edi. Bu penalti yoki jarima to'pi bo'ladimi, baribir, bu aniq kartochka edi. Men buni tushunmayapman, rostdan," - dedi "Barselona" yarim himoyachisi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar