MYU Fernandeshga 80 mln evrolik o'rinbosar topdi
31 may 16:18
Yangiliklar
MYU Fernandeshga 80 mln evrolik o'rinbosar topdi
Pedro Gonsalvesh "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.
Ingliz klubi "Sporting"ning 26 yoshli yarim himoyachisini sotib olish bo'yicha taklif bilan chiqish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Agar mankunianliklar xavbek Brunu Fernandeshni "Al Hilol"ga sotsa, uning o'rniga ushbu o'yinchini xarid qilishi mumkin.
Portugaliya klubi futbolchini tovon puli sifatida ko'zda tutilgan 80 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Aks holda "Sporting" muzokaralar olib borishi dargumon.
Pedru Gonsalvesh o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar