Qasim-Jomart Toqaev Shavkat Mirziyoevni milliy jamoa jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi
18 iyu 16:32
Yangiliklar


Qasim-Jomart Toqaev Shavkat Mirziyoevni milliy jamoa jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi
17 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan Ostonaga uchib bordi. U erda "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammiti bo'lib o'tdi.
Sammit mezboni Qasim-Jomart Toqaev milliy jamoa jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqqani bilan O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevni qutladi.
"Hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoevga so'z berishdan avval, O'zbekiston Respublikasi prezidentini sport sohasidagi tarixiy yutuq - O'zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionati final bosqichiga chiqishi bilan chin yurakdan tabriklamoqchiman" - dedi Qozog'iston prezidenti.
Sammitga yig'ilgan barcha O'zbekiston Respublikasi prezidentini qarsaklar bilan qutlashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar