Pedri "Barselona" futbolchilaridan iborat ramziy termasini tuzdi
27 mar 2022 18:40
Yangiliklar


Pedri "Barselona" futbolchilaridan iborat ramziy termasini tuzdi
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri "ko'k-anorranglilar" futbolchilaridan iborat o'z ramziy termasini tuzib chiqdi.
"Darvozada ter-SHtegen. O'ng qanot himoyasida Dani Alves - u mening eng yaqin do'stim. Himoya markazida Pike va Erik Garsiya. O'ng qanotda esa Jordi Alba. Yarim himoyachilar: Buskets, Ronaldino va Xavi. Hujumga Messi va Inestadan tashqari, "Barselona"da o'ynamagan bo'lsa-da, Krishtianu Ronalduni qo'yaman", - dedi Pedri.
Ushbu mavsumda "Barselona"ning 19 yoshli futbolchisi barcha turnirlarda 18 o'yinda qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar