"Men umrimda bunaqasini ko'rmaganman". Zidan Yamalning istedodini etirof etdi
27 may 16:57
Yangiliklar


"Men umrimda bunaqasini ko'rmaganman". Zidan Yamalning istedodini etirof etdi
Franciyalik afsonaviy futbolchi va murabbiy Zinedin Zidan "Barselona"ning 17 yoshli futbolchisi Lamin Yamalning o'yini haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Maydonda o'z ishini juda yaxshi bajaradigan odamni ko'rish – bu shunchaki ajoyib. Uning o'yinini tomosha qilishdan zavqlanamiz.
Lamin Yamalning "Inter"ga qarshi ikkinchi bo'limi... Hayotimda bunaqasini ko'rmaganman", – dedi franciyalik.
Lamin Yamal joriy mavsum 55 o'yin o'tkazib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u klub bilan 3 ta titul – Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.
17 yoshli vinger uchun mavsum hali tugamadi. U 6 iyunga o'tar kechasi Ispaniya terma jamoasi safida UEFA Millatlar Ligasi yarim finalida Franciyaga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar