"Paxtakor"ni davralar oralig'ida tark etgan futbolchilar
25 iyu 2019 12:25
Yangiliklar
"Paxtakor"ni davralar oralig'ida tark etgan futbolchilar
"Paxtakor"ni ikki nafar futbolchi tark etib, yana ikki o'yinchi ijaraga berildi.
Yil boshida "Dinamo"ga ijaraga berilgan Botirali Ergashev va SHoxruh Abdurahmonovning transferini sotib olish yuzasidan samarqandliklar taklif bildirishdi. Muzokaralar ijobiy yakun topib, har ikki futbolchi "Dinamo"ga transfer qilindi. Biz ushbu futbolchilarning faoliyatiga omad tilab qolamiz. Ibrohim G'anixonov bilan shartnoma bekor qilindi va erkin agent sifatida "Lokomotiv"ga ko'chib o'tdi.
Sobit Sindarov "Qo'qon-1912" jamoasiga yil oxiriga qadar ijaraga berildi. SHuningdek, Doston Ibrohimov "Buxoro"dan ijaradan qaytib, "Qizilqum"ga yil oxiriga qadar ijaraga berildi.
Fikrlar