So’nggi yangiliklar

20:15Трансфер дедлайни: "Ливерпуль" Гехини ҳам сотиб олмоқда  3 19:53"Манчестер Сити" аъзоси Италияга йўл олмоқда — Here We Go!   2 19:36Breaking! "Бавария" Николас Жексон трансферини ижобий ҳал қилди  3 19:20Коло Муани "Тоттенхэм" футболчисига айланмоқда — Here We Go!  1 19:00CAFA Nations Cup. Эрон Ҳиндистон дарвозасига 3 та тўп киритди  8 18:41Расман: "Ливерпуль" футболчиси "Рома"га ўтди  0 18:23"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олмоқда  4 18:02Ҳусанов қанча муддатга сафдан чиққани маълум  7 17:39Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФА терма жамоалар бўлими раҳбари лавозимига қайтмоқда  43 17:28"Милан" ҳужумчиси "Рома"га ўтишга рози  2 17:10Абдуқодир Ҳусанов CAFA мусобақасини ўтказиб юборади  12 16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  2 16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  4 16:10"Астон Вилла" МЮ футболчисини ижарага олмоқда  0 15:54Бруну Фернандеш 2020 йилдан бери АПЛда барча ярим ҳимоячилардан кўпроқ гол урди  8

"Paxtakor"ga uchta gol urgan futbolchi va boshqalar. Superligada 4-turning eng yaxshilari Yangiliklar

"Paxtakor"ga uchta gol urgan futbolchi va boshqalar. Superligada 4-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 4-turining eng yaxshilarini aniqladi.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 4-turning eng yaxshi darvozaboni - Sarvar Karimov ("Bunyodkor").

"Bunyodkor" bu tur Olmaliqda OKMK mehmoni bo'ldi va 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Garchi gol o'tkazgan bo'lsa ham "qaldirg'ochlar" posboni Sarvar Karimov shu kuni jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Agar Karimovning seyvlari bo'lmaganida "Bunyodkor" yirik hisobda mag'lub bo'lishi ham mumkin edi. SHu bois Sarvar Karimov turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.




"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 4-turning eng yaxshi murabbiyi - Timur Kapadze ("Olimpik").


Dastlabki 3ta turda 100 foizli natijaga erishgan "Neftchi" "Olimpik"ni ham osongina mag'lub etishi kutilgandi. Ammo Timur Kapadze boshchiligidagi "Olimpik" shu kuni Farg'ona klubiga qarshi munosib o'yin namoyish etdi va hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda g'alaba golini ham urishga erishdi. "Olimpik"ning mavsumdagi ilk g'alabasi chempionlik uchun kurashayotgan musobaqa peshqadami ustidan qo'lga kiritildi. SHu tariqa, Kapadze 4-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.




"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 4-turning eng chiroyli goli muallifi - Doniyor Abdumannopov ("Paxtakor").


"Paxtakor" mazkur tur o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qildi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Doniyor Abdumannopov o'zi rivojlantirgan chiroyli hujumni chiroyli gol bilan yakunladi. Aynan mana shu gol 4-turning eng chiroyli goli deb topildi. VIDEONI KO'RISH





"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 4-turning eng yaxshi futbolchisi - SHohruh Abdurahmonov ("So'g'diyona").


"So'g'diyona" so'nggi bor Toshkentda "Paxtakor"ni mag'lub etganida SHohruh Abdurahmonov hali tug'ilmagan edi. 1995 yildan buyon Jizzax klubi safarda "sherlar"ni mag'lub etgandi. Ammo Ivan Boshkovich boshchiligidagi "So'g'diyona" safarda amaldagi chempionni mag'lub etishning uddasidan chiqdi. SHu kuni SHohruh mezbonlar darvozasiga bir yo'la uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Faoliyatida ilk bor xet-trikni rasmiylashtirgan SHohruh Abdurahmonov 4-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Takidlash lozimki, Abdurahmonov bu mavsum O'zbekiston Superligasida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchiga aylandi. 2011 yildan buyon ilk bor "So'g'diyona" futbolchisi O'zbekiston chempionatida xet-trikka erishdi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика