So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  2 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

"Paxtakor" va "Traktor"ning eng qimmat futbolchilarini bilasizmi? Yangiliklar

"Paxtakor" va "Traktor"ning eng qimmat futbolchilarini bilasizmi?

Toshkentning "Paxtakor" klubi bugun OCHL guruh bosqichidagi ishtirokini Tabrizning "Traktor" jamoasiga qarshi bahs bilan boshlaydi.

SHu munosabat bilan jamoalar tarkibidagi qimmatbaho futbolchilarga to'xtalishga qaror qildik. "SHerlar"ning transfer bahosi eng yuqori bo'lgan vakili Hojiakbar Alijonov hisoblanadi. "Transfermarkt" portali tez orada 24 yoshga to'ladigan futbolchini 900 ming evroga baholamoqda.

Himoyachi Mehdi Tikdarinajod va hujumchi Peyman Babayi "Traktor"ning eng qimmat vakillari hisoblanishadi. Ularning transfer bahosi 650 ming evroga teng.
Kecha saytimizda tabrizliklar haqidagi maqola elon qilinganidan keyin Eron terma jamoasidagi o'yinlar bilan muxlislarimizga tanilgan Masud SHojai (36 yosh) va Ashkan Dejaga (34 yosh) borasida savollar paydo bo'ldi. SHu tufayli ularning transfer narxi haqida ham malumot berishga qaror qildik. "Transfermarkt" portali har 2 futbolchini bir xil — 200 ming evroga baholamoqda.

Malumot uchun, "Paxtakor" futbolchilari orasidan faqatgina Humoyunmirzo Iminovning (100 ming evro) transfer bahosi Dejaga va SHojainikiga nisbatan past hisoblanadi.

"Paxtakor" ertaga "Traktor" bilan o'ynaydi. Eron klubi qanday holatda?        

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика