So’nggi yangiliklar

22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  0 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  1 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  7 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  2 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  8 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  40 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  8 17:08"Манчестер Юнайтед" ўз футболчисини Осимхен шартномасига қўшишга тайёр  1 16:39Пике "Олтин тўп" учун асосий фаворитларни айтиб ўтди  41

"Paxtakor" - "Qo'qon-1912". Uchrashuvga oid malumotlar Yangiliklar

"Paxtakor" - "Qo'qon-1912". Uchrashuvga oid malumotlar

Teglar :  Qo'qon-1912Paxtakor
11 mart kuni oliy liganing 2-turida "Paxtakor" Toshkentda "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi.

Tayyorgarlik
1-turni har ikki jamoa g'alaba bilan yakunladi. No'mon Hasanov boshchiligidagi jamoamiz Qibrayda chorshanba kunidan o'yinga faol tayyorgarlikka kirishadi. Qo'qonliklarning yangi ustozi Murod Ismoilov esa shogirdlari bilan allaqachon bu jarayonni boshlab yuborgan. Jamoalar safida uchrashuvni diskvalifikaciya sababli o'tkazib yuboradigan futbolchilar yo'q.
 
Qarama-qarshilik
Hozirgacha jamoalar oliy liga tarixida 20 bor to'qnash kelishgan. Ularning 12tasida "Paxtakor", 5tasida "Qo'qon-1912" g'alaba qozongan. 3 bahs durang bilan tugagan. "SHerlar" 59, qo'qonliklar 33 marta gol urishgan. Toshkentda o'tgan 10 bellashuvning 9tasida jamoamiz zafar quchgan. Bir bor mehmonlarning qo'li baland kelgan. So'nggi 7 o'yinda "Paxtakor" Toshkentda faqat muvaffaqiyat qozongan.
 
O'yin rasmiylari
Bellashuvni Olim Tolibjonov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. SHu paytgacha Tolibjonov oliy ligada jamoamiz ishtirokidagi 16 bahsni boshqargan. Ularning 15tasida g'olib chiqqan "Paxtakor" bir bor durangga imzo chekkan. Qanotlarda unga Artyom Kalinin va Bahodir Bahromov yordam beradi.
 
"PAXTAKOR" - "QO'QON-1912"
Hakamlar: Olim Tolibjonov (Toshkent), Artyom Kalinin (Qarshi), Bahodir Bahromov (Toshkent), Firdavs Norsafarov (Qarshi).
Nazoratchi: Elbek Musaev (Samarqand).
 
CHiptalar
CHiptalarni o'yin kuni "Paxtakor" stadioni kassalaridan 5 va 15 ming so'mdan xarid qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
 
Yoshlar tarkiblari bahsi 10 mart, payshanba kuni soat 16:00da Qibraydagi stadionda boshlanadi. Asosiy jamoalar uchrashuvi 11 mart, juma kuni 17:30da "Paxtakor" stadionida start oladi. Ishqibozlarni mamlakatimizning eng sovrindor klubi va o'zbek futboli vatani shahri jamoalari o'rtasidagi bellashuvga taklif etib qolamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика