"Paxtakor" qanday tarkib bilan Doxaga etib borgani malum bo'ldi
27 jan 2018 18:55
Yangiliklar
"Paxtakor" qanday tarkib bilan Doxaga etib borgani malum bo'ldi
Tushga yaqin Toshkentdan Doxa tomon parvoz qilgan samolyotda "Paxtakor" Qatarga keldi va mehmonxonaga joylashib ulgurdi. "Al-Garafa"ga qarshi 30 yanvar kuni "Tani Bin Jassim" stadionida kechadigan uchrashuvga tayyorgarlik Doxada davom ettiriladi. Bugungi mashg'ulot Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
SHota Arveladze Qatardagi o'yin uchun quyidagi futbolchilarni tanlab olgan:
Darvozabonlar - Aleksandr Lobanov, Eldor Suyunov, Botirali Ergashev*
Himoyachilar - Kamoliddin Tojiev, Akmal SHorahmedov, Marko Simich, Farruh Sayfiev, Vladimir Kozak, Egor Krimec, SHerzod Azamov.
Yarim himoyachilar - Akbar Ismatullaev, Azim Ahmedov, Doston Ibrohimov, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov, Rostin Griffits, Bahrom Abdurahimov, Dilshod Rahmatullaev, Jasur Yaxshiboev*
Hujumchilar - Tiago Bezerra, Jasur Hakimov, Zabihillo O'rinboev*
* - Ergashev, Yaxshiboev va O'rinboev 29 yanvar kuni Doxaga Xitoydan etib kelishadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar