"Paxtakor" murabbiyi: "G'alabani juda istadik va bunga erishdik"
27 apr 2022 09:16
Yangiliklar
"Paxtakor" murabbiyi: "G'alabani juda istadik va bunga erishdik"
"Paxtakor" bosh murabbiyi Slavche Voyneski "Al Taavon"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng (5:4) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Voyneski: - O'yin gollarga boy o'tdi, jamoalarda ko'p vaziyatlar bo'ldi. Bunga sabab biz hujumkor futbol o'ynashga intilyapmiz. Yana futbolchilarning jismoniy holati ham o'yinga tasir ko'rsatdi. Ketma-ket bahslardan keyin charchoq bo'ladi. Futbolchilarni halol, hujumkor va oxirigacha kurashgani bilan tabriklayman. G'alabani juda istadik va bunga erishdik.
SHuningdek, uchrashuvda gol urgan Mirjahon Mirahmadov ham o'yin haqida qisqacha fikrlarini bildirdi.
Mirahmadov: - Qiyin o'yinda g'alaba qozonganimizdan xursandman. Avvalgi bellashuvlarda omadimiz kelmadi. Bugun vaziyatlardan foydalana oldik.
Fikrlar