So’nggi yangiliklar

16:42Африка Миллатлари Кубоги соврини қамоқхонада?!  0 16:19Абдуғафур Ҳайдаров янги мавсумни Про лига жамоасида бошлайди  0 15:57Чемпионлар Лигаси финали учун тўп тақдим этилди  0 15:36"Баланд масжид" Фарғона вилояти ҳокими кубоги ғолибига айланди  3 15:19САфарда "Қўқон-1912" меҳмони. Жавоҳир Ҳусанов МТЖга бориб келгач, ўзгариб қолдими?   0 14:54А Серия топ-клуби юлдуз ўйинчи билан янги шартнома бўйича музокараларни бошлади  0 14:23Элдор Шомуродов Туркия Суперлигаси 21-тур рамзий жамоасидан жой олди  0 14:01Фарғона вилояти ҳокими кубогида 3-ўрин эгаси аниқланди  0 13:39Ўзбекистонлик мураббий Кипр клубида иш бошлади  1 13:18Расман: "Металлург" — Про лига иштирокчиси  9 12:56Ҳусниддин Алиқулов муваффақиятли операция қилинди  10 12:32Ҳоланд "Энфилд"да илк бор гол урди. У АПЛда ўйнаган 24 та стадионидан 23 тасида гол уришга муваффақ бўлган  2 12:05"Металлург"дан трансфер тақиқи олиб ташланди  0 11:39Манчестер грандлари "Брентфорд" ҳимоячиси учун курашади  2 11:16Клубларни босқичма-босқич хусусийлаштириш бўйича фикр алмашилди  10

Etakchi ligalarni birlashtirgan Jerom Perlemuter iyunda Toshkentga keladi Yangiliklar

Etakchi ligalarni birlashtirgan Jerom Perlemuter iyunda Toshkentga keladi

Jahon ligalari associaciyasi (JLA) rahbariyati iyun oyida Toshkentga tashrif buyuradi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi 2023 yilda mazkur associaciyaning 45-azosiga aylangandi.

JLA Ligalarni rivojlantirish dasturini ishga tushirayotgan bo'lib, tashrif shuning doirasida amalga oshiriladi. Tashkilot bosh kotibi Jerom Perlemuter O'zPFL mazkur dasturning ilk ishtirokchisi bo'lishi yuzasidan Liga bosh direktori Diyor Imomxo'jaev bilan kelishib oldi.

2016-yilda asos solingan JLA bugungi kunda dunyoning 47 ta ligasini o'zida birlashtirib ulgurgan. Ular orasida Angliya, Ispaniya, Italiya, Franciya va Germaniya kabi kuchli beshlik azolari qatorida umumiy hisobda UEFA'ning 21 ta, KONKAKAF'ning 7 ta, KONMEBOL'ning 1 ta, OFK'ning 5 ta Ligasi bor. Osiyo qitasidan esa O'zbekiston qatorida Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Hindiston, Malayziya, Tailand kabi mamlakatlar ligalari ham JLA azolari hisoblanadi. Bugungi kunda FIFA, FIFPro va boshqa bir qator tashkilotlar Ligalar bilan munosabatlarni tartibga solishda aynan JLA bilan hisoblashadi.

Joriy yildan JLA o'z azolari bo'lgan ligalar tuzilmasini tubdan o'rganish, ularning turli jabhalarda qanday ish olib borayotganini ko'zdan kechirish va rivojlanishiga ko'maklashish maqsadida Ligalarni rivojlantirish dasturini amalga oshirishga kirishdi. O'zPFL ushbu dasturning ilk ishtirokchisiga aylanayotganligini mamnuniyat bilan malum qiladi. Biz bu orqali Liga faoliyatiga professional xalqaro tashkilotlarning baho berishi imkoniyati vujudga kelayotgani, o'rganish xulosalari Liganing istiqboldagi rivojlanish yo'nalishlariga o'zining ijobiy tasirini ko'rsatishi mumkinligini qayd etamiz.

Dastur doirasidagi o'rganishlar may oyidan rasman start oladi. JLA Rivojlanish hamda tadqiqotlar bo'limi boshlig'i Stanislav Шtipkov bir oy davomida turli yo'nalishlar doirasida Liga bilan muloqot o'rnatadi va malumotlar to'playdi. U iyun oyi avvalida Toshkentga kelib, bir necha kun davomida Liga faoliyatini sinchkovlik bilan ko'zdan kechiradi. Keyinroq esa JLA asoschilaridan biri sifatida tarixga kirgan Jerom Perlemuter hamda Chexiya futbol ligasi rahbari Tomas Bartaning poytaxtimizga tashrif buyurishi ko'zda tutilgan.

Toshkentga tashrifi davomida Jerom Superliga klublari rahbarlari bilan ham uchrashuv o'tkazadi. Uning o'zi va Chexiya futbol ligasi rahbari Tomas Barta klublar rahbarlari ishtirokida taqdimot o'tkazadi. 7-14 iyun sanalari oralig'ida delegaciyaning O'FA rahbariyati, shuningdek, Sport vazirligi rahbariyati bilan ham uchrashuv o'tkazishi ko'zda tutilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика