So’nggi yangiliklar

00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нучтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  4 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  18 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  4 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4

Igor Sergeev: "20 ta gol urish kerak bo'lsa-yu, vazifani bajarib, divanga yonboshlab olish mumkin, biroq..." Yangiliklar

Igor Sergeev: "20 ta gol urish kerak bo'lsa-yu, vazifani bajarib, divanga yonboshlab olish mumkin, biroq..."

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Шo'rtan" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar hujumchisi Igor Sergeev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- G'alaba bilan tabriklayman. Bugungi o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

- Qiyin o'yin bo'ldi. Farg'onadagi o'yindan keyin tiklanib olish qiyin edi. Kubokdagi bahsni hisobga olmayapman. Chunki unda butunlay yosh bolalar o'ynadi. Mayli, Xudoga shukur, g'alaba qozondik, eng muhimi shu. Albatta, qizil kartochka tufayli biz uchun o'yin biroz qiyinlashdi. Lekin yigitlar o'z ishlarini alo darajada bajarishdi, fidoyilik ko'rsatib, diqqat-etibor bilan o'ynab, gol o'tkazib yubormasdan ustunlikni saqlab qolishdi. Шuningdek, muxlislarga alohida minnatdorchilik bildiraman.

- Bugun Superligadagi beshinchi golingizni urdingiz. Joriy mavsumda minimum nechta gol urishni maqsad qilgansiz?

- Reja qilmayman. Men maydonga tushganimda har bir o'yinda gol urishni xohlayman. Xudo xohlasa, qanday bo'lsa shunday bo'ladi, bu Yaratganning irodasiga bog'liq. Шuning uchun qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. Menda bunday narsa yo'q. Bilasizmi, 20 ta gol urish kerak bo'lsa-yu, vazifani bajarib, divanga yonboshlab olish mumkin. Biroq bu sportchiga xos jihat emas. 50 ta bo'ladimi, 10 tami, imkon qadar ko'prog'iga harakat qilaman. Шuning uchun bu erda aniq raqam aytmoqchi emasman.

- Gollaringiz nafaqat "Paxtakor", balki O'zbekiston terma jamoasiga qaytishingizni istayotgan muxlislarni ham xursand qilmoqda...

- Qo'llab-quvvatlayotganlarning barchasiga katta rahmat. Juda minnatdorman. Bu men uchun yoqimli. Oldingi intervyuda ham aytganimdek, terma jamoaga qaytish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman.

- Alijonov bilan hamkorlikda "Mashal"ga qarshi o'yinda ham shunday gollar urgandingiz. Mashg'ulotlarda bunday vaziyatlar ustida alohida ishlaysizlarmi?

- Biz ko'p narsalarni mashq qilamiz, lekin aynan shunday holatlarni maxsus tayyorlamaymiz. Har bir o'yin uchun malum rejalarimiz bor va biz ularni bajarishga harakat qilamiz. O'yin davomida esa vaziyatga qarab harakat qilamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика