So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Шahzod Azmiddinov: "O'n kishi himoyada yotib olgandan keyin, bunday mudofaani yorib o'tish qiyin" Yangiliklar

Шahzod Azmiddinov: "O'n kishi himoyada yotib olgandan keyin, bunday mudofaani yorib o'tish qiyin"

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Шo'rtan" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar himoyachisi Шahzod Azmiddinov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Шo'rtan"ga qarshi qiyin o'yin o'tkazdik. Xudoga shukr, muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Stadiondan kelgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ularning qo'llab-quvvatlashini his qilib turdik. Qo'limizdan kelganini amalga oshirib, ularni xursand qildik degan umiddaman. 

Gol urib olgach, sustlashdikka yo'l qo'ydik deya olmayman. Sababi vaziyatdan kelib chiqqan holda ish tutdik. Raqib yaxshi himoyalandi. O'n kishi himoyada yotib olgandan keyin bunday mudofaani yorib o'tish qiyinchilik tug'diradi. To'p nazorati bizda edi, fursat kelishini kutdik, ammo vaziyatlarni yakunlash ko'ngildagidek bo'lmadi. Asosiysi, g'alaba qozondik. Mavsum boshida yo'qotilgan ochkolar o'rnini to'ldirishga harakat qilyapmiz. 

"Paxtakor" futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxo'jaev bizni doim qo'llab-quvvatlaydi. "Neftchi"ga qarshi o'yindan oldingi yig'ilishda "Yigitlar, g'alaba qozonishimiz kerak, biz "Paxtakor"miz, brend jamoaga aylanganmiz, bunday darajada yurish bizga xos emas", deya motivaciya berdi", dedi 24 yoshli futbolchi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика