So’nggi yangiliklar

21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  0 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  7 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  7 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2

Hakam "Paxtakor" darvozabonini maydondan chetlatib, to'g'ri qaror qildimi? Superliganing 7-turidagi hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

Hakam "Paxtakor" darvozabonini maydondan chetlatib, to'g'ri qaror qildimi? Superliganing 7-turidagi hakamlik faoliyati tahlili

Hakamlik bo'yicha rossiyalik ekspertimiz barcha bahsli holatlarni sinchiklab o'rgandi.

Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) o'zining professional hakamlar jamoasi bilan birgalikda Superliganing 7-turi o'yinlaridagi bahsli vaziyatlarni batafsil tahlil qildi.


"So'g'diyona" - "Andijon"

Hakamning o'yinni davom ettirish to'g'risidagi qarorini qo'llab-quvvatlayman, VARning vaziyatga aralashmagani ham maqbul qaror. To'qnashuv (kontakt)ni boshlagan tomon "Andijon" hujumchisi hisoblanadi. "So'g'diyona" himoyachisi birinchi bo'lib to'pga tegdi, ayni paytda hujumchi to'qnashuv (kontakt) sodir etishga urinib, oyog'ini "suqdi".

VIDEO


"Paxtakor" - "Шo'rtan"

VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi, natijada "Paxtakor" darvozaboniga qizil kartochka ko'rsatilishi ham to'g'ri qaror bo'ldi. U to'pning uchish yo'nalishini to'g'ri chamalamadi va jarima maydoni tashqarisida qo'llari bilan o'ynadi. "Шo'rtan" hujumchisi darvozabon yonida turgan edi va agar raqib posboni qo'llarini ishga solmaganda, u to'pni egallab olishi mumkin edi.

VIDEO


"Nasaf" - "Qizilqum"

O'yinni davom ettirish to'g'ri qaror bo'ldi. Vaziyat ancha oddiy: "Qizilqum" himoyachisi to'pni raqib futbolchisiga tekkazgan holda maydondan uzoqlashtirishga urindi, to'p esa jamoadoshining tanasiga yaqin turgan qo'liga tegdi. Bu holda qo'lning joylashuvi ikkinchi darajali ahamiyatga ega, chunki o'z jamoadoshidan kelayotgan to'p qisqa masofada edi.

VIDEO


"Nasaf" - "Qizilqum"

Takroriy lavhalar va rakurslar sifati yaxshi emas. Fikrimcha, agar VARda boshqa takroriy vaziyatlar bo'lmasa, holatga aralashmaslik to'g'ri qaror hisoblanadi (hakam aniq xato qilganiga dalil yo'q). To'pga birinchi bo'lib qaysi futbolchi o'ynayotgani ko'rinmayapti. Umuman olganda, hakamning yaxshi poziciyasini hisobga olsak, unga ishonmaslik uchun jiddiy asos mavjud emas.

VIDEO


"Nasaf" - "Qizilqum"

"Qizilqum" himoyachisiga qo'pol o'yin uchun shubhasiz sariq kartochka ko'rsatilishi joiz. Bu vaziyatda qizil kartochka haqida gapirish mushkul, chunki maydondan chetlatish uchun asoslar yo'q: ortiqcha tajovuz va butsaning tag qismi orqali qo'pollik qilish holatlari kuzatilmadi, himoyachining oyoqlari bukilgan va maysa ustida, o'yinchi "sirpanib" harakat qilmoqda va podkatning oqibatlarini yumshatish uchun barcha harakatlarni qilmoqda. Bu ehtiyotsiz xatti-harakat bo'lib, sariq kartochka bilan jazolanishi lozim.

VIDEO


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика