So’nggi yangiliklar

16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  0 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  6 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  9 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3

"Paxtakor": Gruziyada Zurab Cereteli yulduzi ochildi Yangiliklar

"Paxtakor": Gruziyada Zurab Cereteli yulduzi ochildi

Tbilisida "Paxtakor"ning sobiq futbolchisi Zurab Cereteli xotirasiga bag'ishlangan yulduz shon-shuhrat xiyobonida ochildi.

Sentyabr oyida Tbilisida joylashgan Mixail Mesxi nomli stadionda bir qator mashhur futbolchilarning shon-shuhrat xiyoboni ochildi. Unda turli davrlarda o'ynagan mashhur futbolchilar xiyobonlari ishga tushirilgan. Ular qatorida jamoamizning sobiq o'yinchisi Zurab Cereteli xiyoboni ham ochilgan.

Cereteli 1979 yil aviahalokatdan keyin "Paxtakor"ga yordam berish maqsadida tarkibga jalb etilgan. U jamoaga halokatda hayotdan ko'z yumgan do'stlari xotirasi uchun kelganini ko'p takrorlab o'tgan. Zurab Cereteli 45 uchrashuvda jamoamiz uchun 6 to'p kiritgan. 1981 yil uning "Paxtakor"dagi faoliyati yakunlangan va muxlislar so'nggi o'yinda uni olqishlar bilan kuzatib qo'yishgan.

O'tgan yili Gruziya sport delegaciyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida Ceretelining qizi Anna yurtimizda bo'lib, otasining Mixail An va Vladimir Fyodorov bilan do'st bo'lganini aytib o'tgandi.

1992 yil 8 yanvarda Cereteli Gruziyada avtohalokatda vafot etgan. 38 yoshda vafot etgan bo'lishiga qaramay, Zurab Gruziya va O'zbekistonda ishqibozlar mehrini qozonishga ulgurgandi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика