"Paxtakor" gruzin klubini mag'lubiyatga uchratdi
03 fev 2023 21:47
Yangiliklar


"Paxtakor" gruzin klubini mag'lubiyatga uchratdi
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan Toshkentning "Paxtakor" klubi Gruziyaning "Samgurali" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Bugungi uchrashuvda "sherlar" tarkibida Muhammadqodir Hamraliev, Diyor Xolmatov va Sanjar Quvvatovdan tashqari 6 nafar 2004 va 2 nafar 2005 yilda tavallud topgan akademiya tarbiyalanuvchilari maydonga tushdi. Asosiy tarkibda 10 nafar akademiyachilar o'yinni asosiy tarkibda boshladi.
Ikkinchi bo'limda Maksim SHackix ikkita o'zgarish qildi. Aktam O'ktamov 10-daqiqada jarohat olganligi uchun Turg'unboev tushdi. Ikkinchi bo'limda esa u o'z joyini Hamdamovga bo'shatib berdi. Aynan Doston uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylandi.
"Paxtakor" 1:0 "Samgurali"
Gol: Doston Hamdamov
"Paxtakor": Quvvatov, Abdumajidov, Hamraliev, Poyonov, Todorov, Xolmatov, O'rinboev, O'ktamov, Beglarxonov, Turdimurodov, Saidnurullaev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar