So’nggi yangiliklar

17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  0 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8

"Paxtakor": Futbolchilarimiz poziciyalari bo'yicha etakchilar safida Yangiliklar

"Paxtakor": Futbolchilarimiz poziciyalari bo'yicha etakchilar safida

"Paxtakor"ning chempionlik mavsumida bir qator futbolchilar oliy liga etakchilari qatoridan o'rin olishdi.

Jumladan, darvozabon Aleksandr Lobanov mavsum davomida 13 bor quruq o'yin o'tkazib, bu borada Murod Zuhurov bilan engi yaxshi posbonlarga aylanishdi. Lobanov 2 marta penaltini qaytarib, "So'g'diyona" vakili Mixail Spiridonov bilan bir xil natija qayd etdi.

Himoyachi Adnan Oraxovac mavsum davomida 3 gol urib, himoyachilar orasida 3-natija sohibiga aylandi. 6 marta golli pas bergan Adnan ampluadoshlari ichida eng yaxshi natijaga erishdi. Gol+pas tizimi bo'yicha 9 ochko to'plagan Oraxovac oliy liga himoyachilari o'rtasida etakchiga aylandi. Markaziy himoyada harakat qiladigan futbolchi uchun bu ajoyib natija sanaladi.

Stanislav Andreev yarim himoyachilar ichida 8ta gol urib, sermahsullik bobida yaxshi natijani qo'lga kiritdi. Yana 8 marta golli to'p oshirishni uddalagan Stas oliy ligadagi futbolchilar ichida 3-ko'rsatkichni qayd etdi. SHerzod Karimov hisobida ham shuncha golli to'p oshirish mavjud.

Igor Sergeev esa 23 gol urishdan tashqari 3ta golli pas bergan. Gol+pas tizimida Sergeev mavsumning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Andreev esa bu jihat bo'yicha Gevorkyan va Hamdamov bilan birga 4-natijaga erishdi. Ular jami 16 ball jamg'arishgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика