Pastore faoliyatini Argentinada davom ettirishi mumkin
07 fev 2022 13:57
Yangiliklar
Pastore faoliyatini Argentinada davom ettirishi mumkin
"Elche" hujumkor yarim himoyachisi Xaver Pastore faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin.
Insayder Ekrem Konurning xabariga ko'ra, 32 yoshli o'yinchining xizmatlariga "Boka Xuniors" qiziqish bildirmoqda.
Argentina grandi agar futbolchi maoshining kamayishiga rozi bo'lsa, unga shartnoma taklif qilishga tayyor.
Pastorening ispan klubi bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum so'nggida yakunlanadi.
Fikrlar