So’nggi yangiliklar

09:07Клопп Испания жамоасини бошқариши мумкин  0 08:35Ибрагимович 7 кишилик рамзий терма жамоасини тузди  5 07:59Аморим МЮда илк машғулотни ўтказди  2 07:21ЖЧ-2026 саралаш. Бугун терма жамоамиз муҳим учрашувда майдонга тушади  33 03:01Миллатлар лигасининг чорак финалига чиққан барча 8 жамоа номи маълум бўлди  1 02:55Миллатлар лигаси. Роналду иштирок этмаган баҳсда Португалия дуранг ўйнади  4 02:48Миллатлар лигаси. Испания сўнгги дақиқалардаги пенальти эвазига ғалаба қозонди  3 02:15АПЛнинг энг тез югурадиган футболчилари (ТОП 10)  2 01:35Бен Дэвис Сон ҳақидаги хазили учун дисквалификация Бентанкур ҳақида: "Бундай нарсаларга жиддий қараш кераклигини тушундик"  2 23:29Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ-2026 саралаш учрашувида ишлайди  2 23:01Алдервейрелд ваҳима касаллиги туфайли Бельгия терма жамоасини тарк этганини айтиб берди  2 21:09Аморимга трансферлар учун тен Хагга нисбатан камроқ пул беришади  3 20:45Эшитдик-да! "Нефтчи" икки мураббийга жавоб бермоқчи  11 20:31"Бавария" стадионидаги чим U15 жамоаси майдонига юбориляпти  7 20:28"Қизилқум"нинг икки футболчисига бир қатор клублар қизиқмоқда  2

Parijda notinch qish: PSJning pastlashi sabablari (mutolaa uchun) Yangiliklar

Parijda notinch qish: PSJning pastlashi sabablari (mutolaa uchun)

Parij klubi muammolarini tahlil qilamiz.

Jahon chempionatidagi tanaffus oldidan PSJ va "Napoli" milliy chempionatlardagi mag'lubiyatsiz yagona jamoalar edi. JCH-2022dan so'ng neapolliklar g'alaba qozonishda davom etishmoqda, parijliklar esa yo'q. Poytaxt klubidagi og'ir vaziyat so'nggi haftalarda ko'rinmoqda.



Avvaliga Kristof Galte shogirdlari "Marsel"ga 1:2 hisobida yutqazgan holda Franciya chempionatining 1/8 bosqichidan chiqib ketishdi. PSJ shundan so'ng milliy chempionatda (1:3) "Monako"dan 3ta to'p o'tkazdi. Parijliklar 3 kundan so'ng o'z uylarida CHempionlar ligasi 1/8 finalida "Bavariya"dan minimal hisobda mag'lub bo'ldi va o'zining chorak finalga chiqishini qiyinlashtirdi.

Ha, Franciya chempionatida "Lill"ga qarshi o'yinning so'nggidagina g'alabaga erishildi. Ketma-ket uch mag'lubiyatdan so'ng inqiroz haqida gapirishga hali ertaroq, ammo shu bilan birga PSJda pasayish bo'layotgani aniq. Bu natija jihatdan ham, o'yin jihatdan ham sezilib turibdi. Bunga bir qancha sabablar bor.


Mbappe va Messining jarohatlari

Kilian Mbappe va Lionel Messi mavsum davomida unchalik ham ko'p o'yinlarni o'tkazib yuborishmayapti, ammo ularsiz PSJda jiddiy muammolar bo'lmoqda. Parijliklar oktyabrdayoq argentinaliksiz Liga 1 turnir jadvalining quyida bo'lgan "Reyms"ga gol ura olmagandi. Franciya chempionlari 2023 yilning ilk o'yinida "Lans"ga 1:3 hisobida yutqazgandi. Argentinalik bu vaqt davomida jahon chempionatidan so'ng dam olgandi. "Monako"ga qarshi yaqindagi o'yinda PSJ 1ta urgan va 3ta o'tkazib yuborgan bahsda ham Leo yo'q edi.



Parijliklarda Mbappesiz ham vaziyat yomon. Kilian yanvarning o'rtalarida "Renn"ga qarshi faqatgina 35 daqiqa o'ynadi. Francuz gol urishga ulgurmadi, uning jamoasi esa minimal hisobda mag'lub bo'ldi. CHL doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yinda ham shunday holat, o'shanda forvard jarohatidan so'ng 33 daqiqa o'ynagandi. PSJ hujumchisiz bunga qadar Liga 1 doirasidagi "Monako" va Franciya kubogida "Marsel"ga yutqazgandi. Parijliklar shu bilan birga Mbappe va Messi dastlabki daqiqalardan maydonga chiqqan o'yinlarning birortasida mag'lub bo'lishmadi.


Amalga oshmagan transferlar

Galte bekorga dekabrda transfer bozorida ishlar olib borish kerakligini aytmagandi. PSJ birinchi navbatda sifatli himoyachi bilan shartnoma imzolashni xohlagandi. Parijliklarda uch nafar markaziy himoyachi bor: Markinos, Presnel Kimpembe va Serxio Ramos. Bu kam. To'laqonli rotaciya uchun kamida yana bitta o'yinchi bo'lishi kerak. Franciya chempionatlari "Inter" himoyachisi Milan SHkrinyarni olishni juda ham xohlashgandi, ammo ushbu transferni amalga oshira olishmadi. "Neradzurri" futbolchini qo'yib yubormadi, sababi unga munosib o'rinbosar topa olmadi.



PSJ shuningdek "CHelsi" vingeri Xakim Ziesh bilan shartnoma imzolashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Marokashlik o'sha vaqt London klubida kam o'yin amaliyoti olayotgandi. Uning Neymar va/yoki Messiga bosimni kamayshtirishi taxmin qilingandi, ammo bu rejani amalga oshirishning uddasidan chiqilmadi. Parijliklar transfer barbod bo'lishida "CHelsi"ni ayblashdi. Mish-mishlarga ko'ra, londonliklar shu qadar Enco Fernandes bilan shartnoma imzolash ustida band edilarki, bir necha bor Zieshning o'tishi uchun Franciyaga noto'g'ri rasmiylashtirilgan hujjatlarni yuborishgan. Yakunda, bitim amalga oshmadi.


Sport direktori va murabbiyidan norozilik

Franciyada PSJ o'yinchilarining sport direktori Luish Kampushning ishidan noroziliklari haqida yozishdi. Ular boshqaruvchi tarkibni o'tgan mavsumdagidan zaiflashtirdi deb hisoblashmoqda. Jamoadagi asosiy muammolardan yarim himoya deb hisoblanmoqda. Kampush Parijga Renatu Sanshesh, Fabian Ruis, Vitinyu va Karlos Solerni olib keldi, ammo Marko Verratti o'rta chiziqdagi yagona top o'yinchi bo'lib qolmoqda. Galtega kelsak, mish-mishlarga ko'ra, futbolchilarga mutaxassisning taklif etgan g'oyalari yoqmayapti. Barcha ham murabbiy Mbappeni boshqa o'yinchilardan yuqori qo'yayotganidan mamnun emas. Bir yo'l bir nechta manbalarning xabariga ko'ra, jamoadagi atmosfera ideallikdan yiroq.



Eng yaxshi o'yinchilarning kelajagi nomalumligi

Messi, Neymar va Mbappe ishtirokidagi katta hujum triosi bo'linib ketish ehtimoli bor. Leoning PSJ bilan shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Tomonlar kelishuvni uzaytirish borasida kelisha olishmayapti. Argentinalik erkin agent bo'lganda hamma narsa ro'y berishi mumkin. Messining Parij klubidagi kelajagi jamoaning CHempionlar ligasidagi ishtirokiga bog'liqligi aytilmoqda. PSJning CHLdan 1/8 finaldayoq chiqib ketishi mumkinligini hisobga olsa, Messini olib qolish imkoniyatlari juda yuqori emas.



Neymarning ham kelajagi nomalum. Braziliyalikning parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Ammo, OAV malumotiga ko'ra, klub o'yinchi bilan joriy mavsum so'nggida xayrlashishi mumkin. Mish-mishlarga ko'ra, PSJ futbolchining ishga engil qarayotganidan norozi. Bu yangiliklar fonida avtomatik ravishda Mbappening kelajagi haqidagi savol ham ko'tariladi. Agar shunday futbolchilar ketsa, francuz jamoada qolishni xohlaydimi?

Bundan tashqari, Ramosning shartnomasi yakunlanmoqda, Kimpembe esa klubdan ketmoqchiga o'xshaydi. Markaziy himoyachi poziciyasi to'liq yig'ilmaganini hisobga olsa, bu parijliklarga muammo qo'shadi. Umumiy olganda, PSJda qiyin vaziyat yuzaga kelmoqda. Natijalar ham jamoadagi holat kabi yomonlashmoqda, noaniqliklar esa ko'paymoqda. Parijliklarda oldinda ko'p ishlar bor – murabbiylar shtabida ham, klub rahbariyatida ham. PSJdagi sport loyihasining muvaffaqiyati ham yana shubha ostida qolmoqda.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика