So’nggi yangiliklar

00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  1 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  42 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  0 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  3 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  5 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1 21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  102 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  4 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  16 18:58Суперлига. Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" "Бухоро"ни меҳмонда йирик ҳисобда енгди  32

O'zPFL va O'zbekiston futbolchilari uyushmasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Endi FIFA simulyatorida PFL ham paydo bo'lishi mumkin Yangiliklar

O'zPFL va O'zbekiston futbolchilari uyushmasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Endi FIFA simulyatorida PFL ham paydo bo'lishi mumkin

Futbolchilar va ularning huquqlarini himoya qilish borasida qator muammolar bor ekani sir emas.

Buning oqibatida ligalarda to'p surayotgan futbolchilar juda ko'p masalalarda O'zPFL yoki FIFA manziliga shikoyat qilishga majbur bo'ladi.

SHu kabi masalalarni tartibga solish maqsadida O'zPFL O'zbekiston futbolchilari uyushmasi (O'FU) bilan 2024 yil so'ngiga qadar memorandum imzoladi. Bunda konstruktiv va o'zaro manfaatli munosabatlarni o'rnatish hamda rivojlantirish, Superliga, Pro liga, Birinchi liga, ayollar futboli va boshqa shu kabi musobaqalarda ishtirok etuvchi futbolchilarning huquq va manfaatlarini hamjihatlikda himoya kilish, futbolchilik faoliyatidan keyingi hayot tarziga to'g'ri yunaltirish, mamlakat futboli rivoji uchun yangi malakali kadrlarni tayyorlashga ko'maklashishni tashkil etish memorandumning asosiy yo'nalishlari hisoblanadi.

Endilikda O'zPFL O'FUni O'zbekistondagi professional futbolchilarni birlashtiruvchi yagona vakil sifatida qabul qiladi. SHuningdek, O'FUni FIFPro (Xalqaro futbolchilar uyushmalari federaciyasi) uyushmasining O'zbekistondagi yagona eksklyuziv vakili va hamkori sifatida tan oladi.

“Ko'p holatlarda futbol klublari tuzilgan shartnomaning bir nusxasini futbolchilarga taqdim etmaydi. Aniqrog'i, futbolchilarning aksarida o'z huquqlarini talab qilib olish ko'nikmasi mavjud emas. Endilikda tomonlar bu masalani tartibga soladi. Yani, O'FUga azo futbolchi so'roviga ko'ra, futbolchining mehnat shartnomasi aslidan Nizolarni hal qilish palatasiga ko'chirma beriladi. SHuningdek, tomonlar futbolchi va futbol klubi o'rtasidagi mehnat shartnomalarini FIFA talablari asosida tartibga solish hamda minimal talablarga javob beradigan yagona namunaviy shartnomani ishlab chiqish ustida ishlaydi”, — deydi O'zPFL rahbari Diyor Imomxo'jaev.

O'zaro kelishuv asosida ayol futbolchilarning professional shartnomalarini har tomonlama himoya qilgan holda, O'zbekistonda ayol futbolchilarga bo'lgan etiborni yanada oshirish, shu orqali ayollar futboli mavqesining oshishiga erishish ustida ham ishlanadi.

“Ayrim mamlakatlarda homilador ayollar bilan professional shartnomalarni bekor qilish holatlari uchrayotgani achinarli holat. FIFPro bunday tashabbuslarga qarshi kurashadi. SHuningdek, o'z huquqini himoya qilishga iymanib, klublarga reglamentga zid harakatlarni amalga oshirish imkonini taqdim etayotgan futbolchilar masalasini tartibga solish yo'lida mehnat qiladi”, — deb takidladi O'FU rahbari Kamoliddin Murzoev.

O'FU futbolchilar salomatligi yo'lida antidoping qoidalariga rioya qilish bo'yicha tushuntirishlar berish, kelishilgan o'yinlarga qarshi keskin kurashish va ularning salbiy oqibatlari haqida futbolchilarni ogohlantirish, bunday o'yinlardan xabar topganda O'zPFLni xabardor qilish, O'zPFL huzurida amaliy va tashkiliy masalalarda futbolchilarning vakili sifatida ishtirok etish, ularni qo'llab-quvatlash kabi masalalar bilan shug'ullanadi.

Kelishuvning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, Superliga hamda milliy terma jamoa futbolchilarining imidj huquqlaridan oqilona foydalangan holda Xalqaro futbolchilar uyushmalari federaciyasi bilan hamkorlikda Electronic Arts Sports kompanisining FIFA futbol simulyatori o'yiniga O'zbekiston Professional futbol ligasida ro'yxatdan o'tgan futbolchilarni jalb qilib, ularni jahonga tanitish masalasi ustida ham ishlanadi.

Endilikda tomonlar O'zPFL qoshida tarkibida O'FU, futbol klublari vakillari hamda betaraf yuridik maqomga ega bo'lgan shaxslarni jamlagan, FIFA talabiga javob beradigan Nizolarni hal qilish palatasi koncepciyasini ishlab chiqish va uni bosqichma-bosqich amalga tadbiq qilish masalasida ish olib boradi. Nizolarni hal qilish palatasi azolari O'FA Ijroqo'mi tomonidan tasdiqlanishi kerak bo'ladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика