So’nggi yangiliklar

08:55"Ливерпуль" "Эл Класико" вақтида "Реал"нинг икки нафар футболчисини кузатиб боради  0 08:28"Барселона" президенти: "Реал"ни мағлуб этишимизни томоша қилишдан ҳеч қачон чарчамайман"  5 08:01Месси дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" ғалабани қўлга киритди  5 07:40Суперлига. Бугун Водий дербиси бор  6 01:45А Серия. "Милан" кутилмаганда очко йўқотди  8 01:15Артета "Арсенал" "Челси" рекордини янгилашни истаётганини айтди  0 00:55Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" марказий баҳсда "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди  0 00:41Рубен Аморим "Ливерпуль" майдонидаги ғалаба ҳақида: "Бундан ҳаволаниш керак эмас, Гакпо 20 сантиметрга адашмаганида барчаси бошқача бўларди"  0 00:20Суперлига. "Қизилқум" – "Динамо" 2:0   0 23:50Касильясни тўнаб кетишди  8 23:36Акмал Рустамов: "Қизилқум" таркибидан ҳам термаларда футболчилар ўйнашига ҳаракат қиламиз"  1 23:19Эдин Терзич: "Санчо "Олтин тўп"ни ютишга қодир"  3 22:46Килиан Мбаппе кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди  1 22:23Пау Кубарси: "Класикони бутун дунё кўради. Лекин мен босим ҳис қилмаяпман"  13 21:57Вадим Абрамов: "Мухлислар олдида хижолатдамиз"  7

Ekspert fikri. Kamoliddin Murzoev: "Navbahor"ning natijasi ayanchli, lekin kimnidir erga urish yoki ko'tarish noo'rin" Yangiliklar

Ekspert fikri. Kamoliddin Murzoev: "Navbahor"ning natijasi ayanchli, lekin kimnidir erga urish yoki ko'tarish noo'rin"

Superliganing 22-turida bir qator qiziqarli natijalar qayd etildi.

Xususan, Olmaliqda OKMK "Bunyodkor"ga 5 ta gol urgan bo'lsa, xuddi shunday ko'rsatkichni "Buxoro" "Navbahor" bilan o'yinda qayd etdi. Markaziy o'yinda "Neftchi" o'z maydonida "Dinamo"dan ustun keldi. Ushbu bahslar yuzasidan sobiq futbolchi va O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev fikrlari bilan bo'lishdi. 

"Albatta, bu turda OKMK - "Bunyodkor" uchrashuvida kutilmagan natija bo'ldi. Bu erda "Bunyodkor"ning o'z darajasida o'ynamaganligi asosiy faktor hisoblanadi. Shu bilan birgalikda 5 ta to'p kiritish o'zi emas, bu Olmaliq jamoasining mahorati bilan bog'liq. Bunday o'yinlar chempionat davomida bo'lib turadi, shu bois qandaydir fojia yaratish kerak emas. Shunchaki bazi bir jamoalar bu tipdagi o'yinlarga tushib qolishadi. 

"Buxoro" bundan oldin O'zbekiston Kubogida "Bunyodkor"ni musobaqadan chiqarib yuborgandi. Bu jamoaning o'ziga hos potenciali borligidan dalolat deb o'ylayman. "Navbahor"ning bunday kutilmagan natijasi ayanchli holat. Bunday natijalarda bir jamoani erga urish yoki ko'tarish noo'rin hisoblanadi. Menimcha, "Buxoro"ga bu o'yinga yangi murabbiy olib chiqqani o'zgacha shijoat berdi. Ko'pincha bunday o'zgarishlar juda yaxshi yoki yomon natija olib keladi. "Buxoro"da bu ijobiy bo'ldi. 

"Neftchi"ning o'yini haqida gapiradigan bo'lsak, juda yaxshi o'yin guvohiga aylandik. Ikki jamoa ham oldiga yuqori maqsad qo'ygani ko'rinib turdi. "Neftchi" o'z uyida o'ynagani va oxirgi daqiqagacha kurash olib borganini aytish mumkin. Umumiy olganda bunday o'yinlar chempionatimizni bezatib beradi. Bizga shunday uchrashuvlar kerak, chunki mavsum yakuniga etib borgani sari jamoalarning jismoniy holati biroz pasaya boshlaydi. Shunday sharoitda yaxshi o'yinlar kerak deb o'ylayman",- deydi Kamoliddin Murzoev.

Reyting: +2   

Fikrlar

-1   
22 sen 08:20:09
dessi anvar
пул териш сезони бошланди , жадвални тепаси маълум , қуйиси ҳам маълум , ўртадагилар сезонга керишди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика