So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Kamoliddin Tojiev: "Finalda favorit bo'lmaydi" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Finalda favorit bo'lmaydi"

O'zbekiston Kubogi 1/2 finaldan o'rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Yaxshi jamoa bilan o'ynadik. Birinchi bo'limda biroz o'yinimiz chiqmadi. Ikkinchi bo'limda yaxshi harakat qildik, o'zimizga keldik. Vaziyatlar yaratdik. "Dinamo"da ham vaziyatlar bo'ldi, teng o'yin bo'ldi. Bugun ikkita yaxshi jamoa kurash olib bordi.

- Tarkib jihatidan olsak, "Paxtakor" asosiy vaqtda masalani hal qilishi kerak edi. Chunki bir qancha asosiy futbolchilar zaxirada qoldirildi. Uchrashuv taqdirini asosiy vaqtda hal qilish uchun nima etarlicha bo'lmadi?

- Hammani jismoniy holatiga qarab maydonga tushiryapmiz. Yaxshi jamoa bilan o'ynadik. Raqib ham bekorga tepa o'rinlarda emas.  Ha, asosiy vaqtda hal qilmoqchi edik. Biroq ish penaltilargacha bordi. 

- "Paxtakor" so'nggi ikki bahsda o'yindan gol ura olmayapti. Hujumda qanday muammolar bor? Bugun "Dinamo" Sizga qanday sovg'alar taklif qildi?

- Ikkita o'yinda gol ura olmadik, to'g'ri. Oldingi bahsda "Sho'rtan" 10 kishi bo'lib himoyalandi. Ularni yorib o'tish qiyin bo'ldi. Bugun vaziyatlar yaratdik, omadimiz kelmadi. Har doim ham ko'p gol urib bo'lmaydi. Raqiblar ham bizni o'rganadi. Ikki-uch vaziyatda omadimiz kelmadi. "Dinamo" menga sovg'alar taklif qilmadi. Ularni ko'rib chiqqandik. "Dinamo" yaxshi futbol o'ynaydi: ular himoyaga yotib olmaydi, oldinga harakatlanadi. Individual yaxshi futbolchilari bor. 

- "Paxtakor" finalda so'zsiz favorit. Agarda jamoa finalda g'alaba qozonib, OCHL-2ga yo'llanma olsa-yu, chempionlik qo'lga kiritilmasa, OCHL-2 Siz uchun yaxshi natija bo'ladimi?

- Ilk navbatda aytishim kerak, finalda favorit bo'lmaydi. Biz ko'proq g'alaba qozonishimiz kerak. OCHL-2 bo'lsa ham oldimizda xalqaro maydonda o'ynash maqsadimiz bor. Buning uchun kubokni yutishimiz kerak. 

- Shunda kubokka bepisandlik yo'q.

- Albatta. Biz sovrin yutishimiz kerak.

- "Dinamo"ga qarshi o'yin oldidan penaltilar seriyasiga alohida tayyorgarlik ko'rildimi?

- Yo'q, mashg'ulotlarda penaltilar borasida ishlamadik. Lekin darvozabonlarimiz raqibning penaltilarini ko'rib chiqishdi. Shu sababli posbonimiz bugun ikkita seyv amalga oshirdi. 

- Narigi juftlikda "Buxoro" g'alaba qozondi. Umuman olganda qaysi jamoaning g'alaba qozonishini istagandingiz?

- Bu haqda o'ylamadik. Ilk navbatda o'zimiz chiqishni istagandik.

- "Jar" stadioni katta yuklama olyapti. Bugungi o'yinda bu sezildi. Futbolchilar ko'p holatlarda sirpanib yiqilishdi. Maydonning umumiy holati haqida gapirsangiz.

- Maydonga qarashayotganiga ham rahmat. "Jar" stadioni umuman dam olmayapti. Shunga yarasha maydon holati yomon emas. Ha, ko'proq suv qo'yilganiga futbolchilar sirpanishi mumkin. Lekin maydonga qarayotgan insonlarga rahmat. O'zlari ham dam olmasdan ishlashyapti. 

- "Paxtakor" o'z stadioniga qaytadimi?

- Bu yil qaytishimiz nomalum.

- "Paxtakor" natijani kechroq hal qilgani jamoaning o'yini chiqmaganini anglatadimi?

- Baribir jamoada toliqishlar bor. Termadagi futbolchilar bor, ular har 3-4 kunda o'ynamoqda. Bu ham charchoq beradi, birinchi bo'limda bu sezildi. Ikkinchi bo'limda qo'shdik. Qo'shimcha bo'limlarda yomon o'ynamadik va o'zimizga kelib oldik.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика