So’nggi yangiliklar

22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  3 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  11 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  2 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  10 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  16 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  4 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  2 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  3 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  3 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  5 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  5

O'zgarishlar yo'q: A Seriya 29-tur yakunlari Yangiliklar

O'zgarishlar yo'q: A Seriya 29-tur yakunlari

Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlari ham nihoyasiga etdi.

"Yuventus" "Sampdoriya"ni mag'lub etdi (1:3)

"Keksa sinora" o'yinni faollik bilan boshladi va bir nechta xavfli vaziyatlardan so'ng gol urishga erishdi. Moyze Kin to'pga etib borishiga Yosida yo'l qo'ymadi va Kuadradoning zarbasidan keyin o'zi hisobni ochib qo'yaqoldi. "Sampdoriya" bunga Stefano Sensining ajoyib zarbasi bilan javob qaytardi, lekin SHHensniy pand bermadi. Saldan so'ng Kin jarima maydonida yiqitildi va "Yuventus" penalti tepish huquqiga ega bo'ldi. To'p yoniga Alvaro Morata keldi va imkoniyatdan unumli foydalandi.

Tanaffusdan so'ng futbolchilar uzoq vaqtgacha sust harakatlanishdi. Rabo qo'l bilan o'ynagani uchun "Yuve" darvozasi tomonga penalti belgilandi. Aynan shu narsa bahsni jonlantirib yubordi. To'p yoniga Antonio Kandreva keldi, ammo SHHensniy bu safar ham darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi. Uchrashuv oxirlarida intriga paydo bo'ldi: 84-daqiqada Sabiri gol urdi. Lekin intriga uzoqqa cho'zilmadi. Bir necha daqiqadan so'ng, Lokatelli qanotdan jarima maydoniga ajoyib pas berdi, natijada Morata dubl qayd etdi. Hujum qilishga "Sampdoriya"ning boshqa kuchi qolmagandi. SHu sababli o'yin "keksa sinora"ning g'alabasi bilan yakuniga etdi.


"Napoli" "Verona"dan kuchliroq (1:2)

"Verona" bahsni juda faol boshladi. Simeone bir necha bor posbonni bezovta qildi, lekin bundan biror natija chiqmadi. "Napoli" esa bir urinishdayoq raqib darvozasini ishg'ol qildi. 14-daqiqada Politanoning uzatmasini Osimxen to'g'ri raqib darvozasiga joylab qo'ydi. "Napoli" yana gol urishga yaqin edi, ammo Fabian Ruisning ajoyib zarbasini darvoza ustuni qabul qildi. Umuman olganda, 1-taymda qulay vaziyatlar uncha ko'p bo'lmadi.

Ikkinchi taymda ham vaziyat deyarli o'zgarmadi. "Napoli" ko'proq hujum qilgan bo'lsa-da, hech biri juda xavfli chiqmadi. "Verona" esa hujum qilmadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Va nihoyat, Di Lorenconing ajoyib tarzda uzatgan to'pini Osimxen qabul qilib oldi va 71-daqiqada dubl qayd etishga erishdi. SHundan so'ng, "Verona" "uyg'ondi" va oldinga qarab harakat qila boshladi. Bir vaziyatda Tamez sherigiga to'pni oshirdi, Faraoni esa boshi bilan gol urdi. Ammo bir necha daqiqadan so'ng, CHekkirini o'yindan chetlashtirildi va vaziyat biroz qiyinlashdi. Lekin "Verona" bo'sh kelmadi va hujum qilishda davom etdi. "Napoli" ham yaxshi himoyalandi va gol o'tkazmadi. Bundan tashqari, "partenopeylar" yana raqib darvozasini ishg'ol qilishlari mumkin edi, ammo Ruyning uzoqdan bergan zarbasi noaniq chiqdi va to'p darvoza ustuniga tegdi. Natijada, "Napoli" g'alabaga qozondi va etakchilar orasidagi o'rnini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.


"Torino" va "Inter" murosa yo'lini tanlashdi (1:1)

"Buqalar" uchrashuvni ancha faol boshlashdi va 12-daqiqada hisobni ochishdi: maydon burchagidan uzatilgan to'pni Bremer darvoza burchagiga joylab qo'ydi. "Inter" standartlardan so'ng gol urishi mumkin edi, ammo "Torino" darvozaboni qiyinchiliksiz Lautaroning zarbasini qaytardi. Birozdan so'ng, "Inter" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin edi, lekin hakam bunga hojat yo'q degan qarorga keldi. Tanaffusgacha xavfli vaziyatlar boshqa bo'lmadi.

2-taymda "Inter" faol harakatlandi. Vaziyatlardan birida Jekoning uzatmasini Dimarko raqib darvozasiga joylay olmadi. "Buqalar" ham buni javobsiz qoldirishmadi. Brekalo to'p bilan oldinga o'tgandan so'ng gol urishi mumkin edi, ammo biroz to'xtab qoldi va uning zarbasi qaytarildi. Bremer esa dubl qayd etishi mumkin edi, ammo Xandanovich ajoyib seyv orqali jamoasini qutqarib qoldi. SHuningdek, Vidalda ham yaxshigina imkon bo'lgandi, Jeko ham ikki marta boshi bilan xavfli zarba yo'llagandi, lekin gol bo'lmadi. Biroq "Inter" ancha urinishlardan so'ng baribir mag'lubiyatdan qutilib qolishga muvaffaq bo'ldi. Vidal Jekoga to'pni oshirdi, u Aleksisga pas berdi, Sanches esa mo'ljalda adashmadi. "Inter" 3-o'rinda qoldi.


"Milan" "Empoli" ustidan g'alaba qozondi (1:0)

"Rossoneri" ilk daqiqalardanoq bu bahsda kim kuchliroq ekanini ko'rsatib qo'ydi. Leao to'pni oshirganida Florenci qulay nuqtada edi, ammo golkiper to'pni qaytardi. Lekin ko'p o'tmay "Milan" himoyachisi hisobni ochdi. "Empoli" futbolchilari to'pni jarima maydonidan uzoqlashtira olmadilar, Kalyulyu esa imkoniyatdan unumli foydalanib, gol urdi. Leao va Florenci yana yuqoridagiga o'xshash kombinaciyani amalga oshirishdi, bu gal Alessandro mo'ljalda adashdi. "Empoli" tanaffusgacha bittagina vaziyat yaratdi, unda ham Pinamontining zarbasi noaniq chiqdi.

Tanaffusdan keyin "Empoli" yorqin o'yin namoyish etdi. Avvaliga Bayrami havodagi to'pga bosh bilan zarba berdi, ammo Menyan pand bermadi. Biroz keyin "Milan" posboni Xendersonning burchakdan bergan zarbasini ham qaytardi. Pinamonti uzoqdan bir necha bor zarba yo'llagan bo'lsa-da, unga aniqlik etishmadi. "Milan" hujumda biroz sust harakatlandi va asosan gol o'tkazmaslik haqida bosh qotirdi. Bu uchrashuvda "rossoneri" g'olib bo'ldi va A Seriya peshqadami bo'lib qoldi.


"Roma" "Udineze" bilan durang o'ynadi (1:1)

"Udineze" uchrashuvni faollik bilan boshladi. Deulofeuning bergan pasini Molina yaqin burchakka yo'lladi, biroq Patrisio to'pni qaytardi. Vinger eng faollardan biri bo'ldi va hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi: Nikolo uzoqdan bergan zarbasi bilan darvozabonni dog'da qoldirdi. SHundan keyin ham "Udineze" bosim qilishda davom etdi. Pereyraning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. "Roma" 1-taymda bitta ham aniq zarba yo'llamadi — bu jamoaning eng yomon ko'rsatkichi.

Ajablanarlisi, 2-taymda ham ustunlik mezbonlar tomonda bo'ldi. Udodji qator fintlardan so'ng bergan zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi. Taym o'rtalarida esa "bo'rilar" vaziyat yaratib, faolroq harakat qila boshlashdi. Biroq "Roma"ning hujumlariga tugallik etishmadi, "Udineze" futbolchilari yaxshi himoyalanishdi. Ammo o'yin oxirlarida Eldor SHomurodovga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun penalti belgilandi. To'p yoniga Pellegrini keldi va ustalik bilan imkoniyatdan foydalandi. Diskvalifikaciyadan so'ng Joze Mourinoning ishlari joyida deyish qiyin, ammo bundan ham yomon bo'lishi mumkin edi. Biroq "Udineze" bu durangdan qoniqmagani aniq...

SHuningdek,  "Lacio" "Veneciya"ni mag'lub etdi (1:0), "Atalanta" - "Jenoa" bahsida hisob ochilmadi (0:0), "Salernitana" va "Sassuolo" uchrashuvida durang qayd etildi (2:2).


Sergey Rumyancev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика