Neymar 2013 yilda nima uchun Realni emas, Barselonani tanlaganini tushuntirib berdi
01 mar 10:24
Yangiliklar


Neymar 2013 yilda nima uchun Realni emas, Barselonani tanlaganini tushuntirib berdi
Santos hujumchisi Neymar nima uchun 2013 yilda Barselonaga o'tganini tushuntirib berdi.
«O'shanda «Real Madrid» «Barselona»ga nisbatan 3 baravar ko'p pul taklif qilgandi. Ular menga istagan narsamni berishlarini malum qilishgandi. Biroq meni yuragim faqat «Barselona» derdi. «Barsa» safida men uchun afsona bo'lgan Ronaldino o'ynagandi. Shuningdek, meni orzum Messi bilan bir jamoada harakat qilish edi. Shu sababli men Kataloniya klubini tanlaganman», — dedi Neymar.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» braziliyalik futbolchini 88 millionga sotib olgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar