Neymar 2013 yilda nima uchun Realni emas, Barselonani tanlaganini tushuntirib berdi

Khoja
1 mar 2025, 10:24
Santos hujumchisi Neymar nima uchun 2013 yilda Barselonaga o'tganini tushuntirib berdi.

O'shanda Real Madrid Barselonaga nisbatan 3 baravar ko'p pul taklif qilgandi. Ular menga istagan narsamni berishlarini ma'lum qilishgandi. Biroq meni yuragim faqat Barselona derdi. Barsa safida men uchun afsona bo'lgan Ronaldinyo o'ynagandi. Shuningdek, meni orzum Messi bilan bir jamoada harakat qilish edi. Shu sababli men Kataloniya klubini tanlaganman, - dedi Neymar.

Eslatib o'tamiz, Barselona braziliyalik futbolchini 88 millionga sotib olgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com