O'zbekistonlik komissar Olim Arifov JCH-2018dan o'rin olgan Kosta Rika – Serbiya o'yiniga tayinlandi
14 iyu 2018 08:26
Yangiliklar
O'zbekistonlik komissar Olim Arifov JCH-2018dan o'rin olgan Kosta Rika – Serbiya o'yiniga tayinlandi
Bugun 14 iyun kuni Rossiya federaciyasida Jahon chempionati bahslariga start beriladi.
Avvalroq, FIFA tashkiloti mazkur mundialda ishlashga O'zbekistondan O'FA Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i o'rinbosari Olim Arifovni taklif qilgani haqida xabar berib o'tgandik. Jahon chempionatlari tarixida birinchi marta o'zbekistonlik mutaxassis mundial o'yinlarida komissar sifatida ishlaydi.
Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O'zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JCHda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo'ladi.
Olim Arifov FIFAdan dastlabki tayinlovni oldi. U JCH-2018 «E» guruhidan o'rin olgan Kosta Rika – Serbiya uchrashuvida ishlaydigan bo'ldi. Uchrashuv 17 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Fikrlar