O'zbekistonlik hakamlar U-23 Osiyo chempionati saralashidan o'rin olgan uchrashuvlarda ishlaydi
14 mar 2019 10:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/483210_original.jpg)
![](/upload/storage/483210_220.jpg)
O'zbekistonlik hakamlar U-23 Osiyo chempionati saralashidan o'rin olgan uchrashuvlarda ishlaydi
Xabaringiz bor, shu yilning 22-26 mart kunlari U-23 Osiyo chempionati saralashidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.
O'zbekistonlik bir qator hakamlar mazkur o'yinlarni boshqarib borish uchun taklif olishgan.
Jumladan, Aziz Asimov va Ruslan Serazetdinov Saudiya Arabistonida bo'ladigan saralashda ishtirok etishadi. Timur Gaynullin Myanmadagi saralash o'yinlarini boshqarib boradi. SHerzod Qosimov va Alisher Usmonov Vetnamga yo'l olishadi. Valentin Kovalenko esa Bahreynda bo'ladigan saralash bahslariga taklif etilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ham U-23 Osiyo chempionati saralashidan o'rin olgan bahslarda ishtirok etadi. Saralash o'yinlari Toshkentda bo'lib o'tadi. Olimpiya terma jamoamizga Hindiston va Tojikiston terma jamoalari raqiblik qilishadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar