O'zbekistonlik hakamlar U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi OCH saralashida hakamlik qilmoqda
28 avg 2016 16:24
Yangiliklar
O'zbekistonlik hakamlar U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi OCH saralashida hakamlik qilmoqda
Etiborlisi, mazkur saralash bahslarini boshqarish uchun o'zbekistonlik FIFA referisi Anna Sidorova hamda FIFA laynsmeni Zilola Rahmatova Osiyo Futbol Konfederaciyasidan taklif olgan. Anna Sidorova hamda uning yordamchisi ayni kunlarda Tailand mamlakatida bo'lib o'tayotgan Osiyo CHempionati saralashi "A" guruhi o'yinlarida uchrashuvlarni boshqarmoqdalar. Jumladan, mazkur guruhning 1-turidan o'rin olgan Myanma hamda Laos o'smir qizlari o'rtasidagi uchrashuvni aynan Anna Sidorova boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borgan.
Takidlash joiz, Bangladesh mamlakati mezbonlik qilayotgan U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslari "C" guruhida ham o'zbekistonlik hakamlar ishlaydilar. Mazkur guruh o'yinlarini boshqarib borish uchun o'zbekistonlik FIFA referisi Edita Mirobidova hamda FIFA laynsmeni Kristina Sereda OFKdan taklif olganlar. O'zbekistonlik hakamlar mazkur guruhning 1-turidan o'rin olgan BAA hamda Singapur o'smir qizlari o'rtasidagi uchrashuvni boshqarishgan.
Fikrlar