O'zbekistonlik birinchi ayol komissar o'smir qizlar o'rtasidagi musobaqada komissarlik qildi
12 iyu 2014 16:20
Yangiliklar
O'zbekistonlik birinchi ayol komissar o'smir qizlar o'rtasidagi musobaqada komissarlik qildi
O'zbekistonlik birinchi ayol komissar – Svetlana Saakova OFK bayrog'i ostida tashkil etiladigan o'smir qizlar o'rtasidagi mintaqaviy chempionatdagi o'zining ilk o'yinida komissarlik qildi.
10 iyun kuni Vetnamning Xoshimin shahrida 14 yoshgacha bo'lgan o'smir qizlar o'rtasida ASEAN mintaqasi chempionati start oldi. Musobaqaning A guruhida Vetnam, Singapur, Filippin va Kamboja, V guruhida esa Tailand, Myanma va Malayziya terma jamoalari ishtirok etadi.
Ushbu musobaqa O'zPFL mutaxassis hisoblangan Svetlana Saakova uchun xalqaro o'yinlardagi ilk komissarlik ishi bo'ladi. Jumladan, Saakova musobaqaning ilk turidan o'rin olgan Vetnam va Kambodja o'smir qizlari o'rtasidagi uchrashuvda komissarlik qildi. Mazkur o'yin Vetnam o'smirlar terma jamoasi qizlarining 8:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Malumot o'rnida, hozirgi vaqtda o'zbekistonlik Alim Arifov va Sanjar Rizaev Osiyo maydonlarida erkaklar o'rtasida tashkil etilayotgan futbol musobaqalarida komissarlik qilib kelmoqda.

Fikrlar