O'zbekistonga mag'lub bo'lgan Kannavaro endi terma jamoa bosh murabbiyi emas
29 apr 2019 11:18
Yangiliklar


O'zbekistonga mag'lub bo'lgan Kannavaro endi terma jamoa bosh murabbiyi emas
Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali milliy jamoadan ketganini elon qildi.
Kannavaro qo'l ostidagi xitoyliklar China Cup-2019 turnirida ikkita uchrashuv o'tkazishdi va Tailand hamda O'zbekistonga mag'lub bo'lishdi.
45 yoshli mutaxassis "Guanjou Evergrand" va oilasiga etibor qaratish uchun milliy jamoadan ketganini aytdi.
Kannavarodan oldin Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida Marchelo Lippi ishlagan edi. Lippi Xitoyning Osiyo Kubogi-2019dagi muvaffaqiyatsizligidan so'ng jamoani tark etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar