So’nggi yangiliklar

03:05“Интер Майами” или бор МЛС кубогини қўлга киритди. Лео финала 2 та ассист жиро этди  15 03:00Лига 1. ПСЖ "Ренн"га жавобсиз 5 та гол урди  0 02:55Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  0 00:50АПЛ. "Ливерпуль" 90+6 дақиқада "Лидс"дан тўп ўтказиб юборди ва ғалабани қўлдан бой берди  32 00:45Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик  29 00:14А Серия. "Интер" ўз уйида "Комо"ни тор-мор этди  2 00:08Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Фенербахче" билан дуранг ўйнади, Шомуродов ва Файзуллаев илк дақиқалардан майдонда тушди  36 22:42Ўзбекистон МТЖнинг ЖЧ-2026 гуруҳ босқичидаги тақвими маълум  10 22:01АПЛ. "Ман Сити" ва "Тоттенхэм"да ғалаба, "Челси"да эса дуранг  29 21:46Бундеслига. "Бавария"дан 5:0, "Байер" эса меҳмонда мағлубиятга учради  1 21:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Коняспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов 90 дақиқа ҳаракат қилди  3 20:00Ўзбекистон U-21 га Иордания ва Қатарга қарши ўйинлар учун кимлар чақирилди?  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" 90+5 дақиқада урилган гол эвазига "Арсенал"ни мағлуб этди ва жадвалда иккинчи ўринга кўтарилиб олди  37 17:49"Нефтчи" янги мавсум олдидан Ислом Исмоилов иштирокида матбуот анжумани ўтказди  18 17:30Достон Турсуновнинг ягона голи жамоасига ғалаба келтирди   2

"O'zbekistondagi sharoit va infratuzilmani SHimoliy Makedoniyada faqat tushingizda ko'rishingiz mumkin" - Lyupche Doriev bilan intervyu Yangiliklar

"O'zbekistondagi sharoit va infratuzilmani SHimoliy Makedoniyada faqat tushingizda ko'rishingiz mumkin" - Lyupche Doriev bilan intervyu

SHimoliy Makedoniya milliy terma jamoasi futbolchisi va "So'g'diyona" klubi hujumchisi Shampionat.asia saytiga intervyu berdi.

- "So'g'diyona"ga o'tishingizdan avval Superliga haqida eshitganmisiz? Evropada Osiyo futbolini past baholashadi va unchalik katta etibor berishmaydi...

- Yaqin do'stim Boyan Naydenov ("Lokomotiv" himoyachisi) orqali Superliga haqida bilib oldim. U menga bu qanday liga ekanligini tushuntirib berdi. Bor gap shu, xolos. 

- Yozgi transferlar oynasida "So'g'diyona"ga kelishingizga qaramay, ikkinchi davraning eng yaxshi transferlardan biri bo'lib turibsiz. Superligaga ko'nikib ketish oson kechdimi?

- To'g'risini aytsam, yo'q. Dastlabki 2-3ta uchrashuvda juda qiynaldim. Keyin esa jamoadoshlarimni tushunishni boshladim. Ularning maydondagi harakatlari, qarorlari tushunarli bo'lishni boshladi. O'sha vaqtdan buyon o'yinimni kuchaytirib bormoqdaman va o'smoqdaman. Mening maqsadim eng kuchlilar orasida bo'lish va ushbu maqsadga erishish uchun ko'p mehnat qilyapman.

- "So'g'diyona" mavsumni qanday o'tkazmoqda? Jamoaning natijalari alo darajada emas. Stabillik etishmayapti...

- Biz ikkinchi davrani yaxshi boshladik, ammo keyin kichik inqirozga yuz tutdik. "Buxoro"ga qarshi kechgan so'nggi uchrashuvda esa g'alaba qozondik va buyog'iga yaxshi holatda bo'lamiz. Superliga - juda raqobatdosh va qiyin liga ekan.

- Sobiq jamoangiz "SHkendiya-79"da yaxshi o'yin namoyish namoyish etayotgan holda jamoa etakchilaridan biri edingiz. Sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan jamoani o'rtamiyona klubga almashtirdingiz. "So'g'diyona"ga qanday kelib qoldingiz?

- Men Ivan Boshkovich bilan gaplashdim. U bilan kechgan 3 daqiqalik suhbat "So'g'diyona"ga o'tishimga etarlicha bo'ldi.

- Ivan Boshkovich matbuot anjumanida: "Men Lyupcheni 6 oy davomida kuzatdim. U bizga kerakli futbolchiligiga ishonchim komil", - degan edi. O'zbek klubiga o'tishingizning asosiy sababi murabbiy faktorimi yoki agentlar qiziqtira olganimi?

- Men Boshkovich bilan yanvardan beri aloqada edim. Aammo u vaqti "SHkendiya-79" bilan shartnomam bor edi. Iyun oyida esa shartnomam tugadi. Boshkovich shartnoma yakunlanganidan so'ng, meni o'z jamoasiga qo'shib olishi aytdi. Mening o'yin uslubim va maydondagi harakatlarim unga maqul kelgani sabab, deb o'ylayman. Ivan Boshkovichga esa meni agent tavsiya etgan.

- So'ngi yillarda futbol agentlari yordamida milliy chempionatimizda xorijlik futbolchilar soni ancha ko'paydi. Legionerlar "geografiya"si ham ancha kengaygan. Masalan siz SHimoliy Makedoniyadan, jamoadoshingiz Zenan Zaymovich Bosniyalik. Bu yil yana Albaniya, Argentina, Polsha, Liberiya va Avstraliyalik futbolchilar chempionatimizda to'p tepishmoqda. Superligadagi legionerlar darajasiga qanday baho berasiz? 

- Milliy chempionatingizda xorijlik futbolchilarning ko'pligi bu yaxshi holat. Demak, ushbu ligaga mablag' investiciya qilinmoqda va liga rivojlanyapti. Legionerlar ko'pligi chempionatda raqobat kuchligigidan dalolat. Legionerlarning sifatiga esa klub va bosh murabbiy etibor berishi kerak.

- Hozirgi kunda Superliga to'purarlaridan biri Rubin Xebay bilan "SHkendiya-79" jamoasida birga o'ynagansiz. U bilan hali hamon aloqadamisiz?

- U bilan "SHkendiya-79"da birga o'ynaganmiz. Xebay O'zbekistonda yaxshi o'yin namoyish etayotgani meni xursand qilmoqda. Bundan ham yaxshiroq o'ynay oladi va yana o'sishi kerak.

- Superligani SHimoliy Makedoniya chempionati bilan solishtirsak. Qanday farq bor?

- O'zbekistonda sharoit va infratuzilma bor. SHimoliy Makedoniyada esa bunday sharoitni faqat tushingizda ko'rishingiz mumkin.

- Makedoniya futboli o'zbekistonliklar uchun notanish. SHimoliy Makedoniya futboli haqida nimalarni bilishimiz kerak? Masalan men SHimoliy Makedoniya futbolidan faqat Goran Pandevni taniyman. U "Jenoa"da Eldor SHomurodov bilan birga o'ynagan edi...

- SHimoliy Makedoniyada futbol eng pastgi pog'onada. Menimcha, bu dunyodagi to'p tepish uchun eng qiyin ligalardan biri. Ko'p sifatli o'yinchilar bor, lekin ular o'zlarini ko'rsata olmaydilar. CHunki infratuzilma, maydon, sharoit yo'q.

- SHimoliy Makedoniya terma jamoasida o'ynaysiz. Terma jamoangiz esa Evro-2024 saralashida Angliya, Italiya, Ukraina kabi kuchli terma jamoalar bilan bir guruhdan joy olgan. Evropa chempionatiga chiqish imkoniyatlaringizni qanday baholaysiz?

- Imkoniyatimiz juda kam. Angliya va Italiya Evro-2024ga to'g'ridan-to'g'ri chiqsa kerak. Ularga qarshi raqobat qilish oson emas.

- Transfermarket saytida "So'g'diyona" bilan shartnomangiz 31 dekabr kuni yakunlanishini ko'rishimiz mumkin. Jizzaxliklar bilan shartnomangiz qachon yakunlanadi?

- Klub bilan 18 oylik shartnoma tuzganmiz.

- SHimoliy Makedoniyada maydonlar holati yomon dedingiz. O'zbekistonga kelganingizdan so'ng nechta butsa almashtirdingiz?

- Hali butsa almashtirganim yo'q. Men avval faoliyat yuritgan maydonlarni hisobga olsak, bu juda quvonarli holat (kuladi).


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика